Sayt test rejimida ishlamoqda

Babadjanova Zamira Xikmatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlamchi tibbiy bo‘g‘inda aholiga nevrologik yordam ko‘rsatish konsepsiyasini ishlab chiqish», 14.00.13 – Nevrologiya, 14.00.33 –  Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment. (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib369.
Ilmiy rahbar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Babadjanov Abdumurat Sattarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc. 04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Magzumova Shaxnoza Shaxzodeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxammedjanovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi tibbiy bo‘g‘inda oilaviy shifokorlar darajasida asosiy nevrologik sindromlar belgilarini tashxislash va kasallik prognozini optimallashtirish hamda  nevrologik yordamni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro va Navoi viloyatida birlamchi tibbiy bo‘g‘in muassasalarida murojaatlarnining oshishi bilan asosiy nevrologik kasalliklar tarqalishi orasida uzviy bog‘liqlik aniqlangan, hamda bemorlarga ko‘rsatilgan tibbiy yordamning hajmi va sifati baholangan;
sog‘liqni saqlash tizimi ambulator poliklinika sharoitida  birlamchi murojaatlar dinamikada oshishi asosida ko‘rsatiladigan nevrologik xizmat turlarini kengaytirishning iqtisodiy samaradorligi aniqlangan;
aholi nevrologik kasallanishida serebrovaskulyar kasalliklar ustun turishi va qon tomir kasalliklari asosiy omilligi aniqlangan, hamda uni maqsadli profilaktika samaradorlik ko‘rsatkichi isbotlangan;
nevrologik bemorlarga ambulator poliklinika va xususiy klinika sharoitida ixtisoslashgan yordamga ehtiyojlik darajasi va sifati qiyosiy  baholangan;
birlamchi tibbiy bo‘g‘inda nevrologik bemorlarga ixtisoslashgan parvarishga bo‘lgan ehtiyoj darajasini aniqlash asosida erta tashxislash, davolash va profilaktik chora tadbirlari algoritmi optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Birlamchi tibbiy bo‘g‘inda aholiga nevrologik yordam ko‘rsatish konsepsiyasini ishlab chiqish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nevrologik kasalliklarning erta tashxisoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Nevrologik og‘riqlar, simptomlar va sindromlar xususiyati» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1noyabrdagi 8n-d/450-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nevrologik kasalliklarning sababini aniqlashda va  diagnostikasi, profilaktikasiga  kompleks yondashuvida foydalanish imkonini bergan; 
umumiy amaliyot shifokorlarining faoliyati, menejment terapiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Umumiy amaliyot shifokorining tashkiliy faoliyati va uning etakchi funksiyalari» nomli  uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 noyabrdagi 8n-d/450-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nevrologik statusning holati va asab tizimi kasalliklarining diagnostikasining samaradorligini yaxshilash, davolanish muddatini qisqartirish, asoratlar va takroriy gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish imkonini bergan;
nevrologik kasalliklarni rivojlanishini erta diagnostik mezonlarini qo‘llash va zamonaviy davolash tamoyillarini takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqotlar natijalari sog‘liqni  saqlash amaliѐtiga, jumladan, Kogon va Qorako‘l tumanlarining oilaviy poliklinikalari, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi va 2-sonli oilaviy poliklinika amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 martdagi 8n-z/50-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari nevrologik kasalliklarni erta bosqichlarida tashxislash, prognozlash va zamonaviy differensiyaallashgan davolash muddatini qisqartirish hamda asoratlarni oldini olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish