Sayt test rejimida ishlamoqda

Salieva Nargiza Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jamiyatda demokratik jarayonlarni jadallashtirishda yoshlar ideosferasini shakllantirish masalalari”, 23.00.03-Ciyosiy madaniyat va mafkura (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ss279.
Ilmiy rahbar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyatda yoshlar ideosferasini shakllanti-rishga ta’sir etuvchi mezonlarni takomillashtirish hamda ushbu jarayonda yoshlarning siyosiy tizimdagi ishtirokini faollashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar ideosferasining shakllanishiga jamiyatdagi siyosiy tizim, milliy g‘oya, siyosiy plyuralizmning joriy qilinganlik darajasi va siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarning pozitiv yoki negativ dinamikasi ta’sir ko‘rsatishi asoslangan;
jamiyatdagi demokratik jarayonlarni jadallashtirish milliy manfaat-larga asoslangan g‘oya va mafkuraning yoshlar manfaatlarini, orzu-istaklarini o‘zida namoyon etishiga bog‘liq ekanligi va ayni vaqtda rivojlanib borayotgan demokratik jarayonlar yoshlar ideosferasining shakllanishiga (siyosiy ongi, tafakkuri va madaniyati rivojiga) ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ochib berilgan; 
ma’naviy va mafkuraviy tahdidlarga boy global axborotlashgan murakkab davrda yoshlar ideosferasini samarali shakllantirishning quyidan yuqoriga institusional (mahalla+ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari+davlat hokimiyati organlari) o‘zaro hamkorlik mexanizmi takomillashtirilgan; 
milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishda yoshlarning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy faolligining ortib borishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi va ularning amalda o‘zini namoyon etishi yoshlar ideosferasini shakllanganlik darajasini belgilovchi eng muhim me’zonlar ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yoshlar ideosferasini shakllantirishda jamiyat siyosiy tizimining o‘rnini ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish natijasidagi olingan ilmiy natijalar asosida:
yoshlar ideosferasining shakllanishiga jamiyatdagi siyosiy tizim, qabul qilingan milliy g‘oya, siyosiy plyuralizmning joriy qilinganlik darajasi, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar dinamikasining ta’siri hamda jamiyatdagi demokratik jarayonlarni jadallashtirish milliy manfaatlarga asoslangan g‘oya va mafkuraning yoshlar manfaatlarini, orzu-istaklarini o‘zida namoyon etishiga bog‘liq ekanligi va ayni vaqtda rivojlanib borayotgan demokratik jarayonlar yoshlar ideosferasining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha bildirilgan ilmiy-nazariy takliflardan O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlar orasida olib borilayotgan ma’naviy-tarbiyaviy targ‘ibot ishlari dasturlarini ishlab chiqishda hamda DAI CASSS (USAID) bilan amalga oshirilgan hamkorlik loyihasi doirasida foydalanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 03 avgustdagi 1-16-23-1992-son, “Istiqlol Avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazining 2021 yil 6 iyuldagi 374-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlar bilan ishlarni tashkil qilishdagi funksional samaradorligini oshirishga, yoshlar orasida olib borilayotgan ma’naviy-tarbiyaviy targ‘ibotlarning ilmiy-ma’rifiy asoslarini mustah-kamlashga, hududiy bo‘linmalarida yoshlar ideosferasini shakllanganlik darajasini belgilovchi eng muhim indikatorlarni aniqlashdagi so‘rovnomalar mazmunini belgilashda, shuningdek Jizzax viloyatidagi mahalla yoshlari o‘rtasida ko‘p tomonlama muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali “Tengdosh-tengdoshga” yoshlar tarmog‘ini yaratish, “Yoshlar o‘rtasida zo‘ravon ekstremizmni oldini olish borasida ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish” kabi ijtimoiy loyihalar sifatini oshirishga xio‘mat qilgan; 
ma’naviy va mafkuraviy tahdidlarga boy global axborotlashgan murakkab davrda yoshlar ideosferasini samarali shakllantirishning quyi-dan yuqoriga institusional o‘zaro hamkorlik mexanizmi takomillashti-rishga qaratilgan takliflardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining saylovoldi dasturini takomillashtirishda, qo‘llanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2021 yil 8 iyuldagi 01/01-280-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflarning amaliyotga joriy qilinishi partiyaning ma’naviy-g‘oyaviy asosini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish, mafkuraviy targ‘ibot  ishlarini rivojlantirish, partiya yoshlar qanoti faoliyatini takomillashtirishga, partiya xodimlari axloqiy ongini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv seminarlari hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish