Mirzaxmedova Xulkar Vasilovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fors tili transport terminlarining struktur qatlamlari va yasalish usullari», 10.00.05−Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti  (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil.55.

Ilmiy rahbar: Quronbekov Ahmadjon, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mahamadaliev Xislat Matlabovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: fors tili transport terminlarining yasalish usullarining Xalqaro termin yasash standartiga mosligini aniqlash, fors tili terminologiyasida sermahsul so‘z yasash usullari va modellarining o‘ziga xos xususiyatlarini hamda dubletlarning soha terminologiyasidagi ishtirokini dalillab berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

dunyo terminologiya maktablarining termin yasash usullari va ularning an’anaviy terminologiya rivojidagi o‘rni isbotlangan;

Evropadagi termin yasash maktablari va Sharq mamlakatlari til Akademiyalari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlar ishlab chiqilgan va nazariy jihatdan asoslangan;

xalqaro terminologiya standarti − ISO 704 ning fors tili terminologiyasiga, xususan, termin yasash usullariga ta’siri isbotlangan;

fors tilida termin yasash an’analari va hozirgi zamon yo‘nalishlari, termin yasashda affiksatsiya, yarimaffiksatsiya, kompozisiya, transpozisiya va leksikalizatsiya kabi derivatsiya usullarining samarasi dalillangan;

fors tili transport terminlarining soha adabiyotlari va ommaviy axborot vositalarida qo‘llanilish doirasi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fors tili transport terminlarining yasalishi, tilga singishi, termin yasalishitahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yildagi PQ-1074‑son qarori asosida «Xayraton – Mozori‑Sharif» temir yo‘l liniyasini barpo etish va ikki davlat o‘rtasida mutaxassislarni o‘qitish, qayta tayyorlash bo‘yicha imzolangan shartnoma ko‘ra «Temir yo‘l terminlarining ruscha-o‘zbekcha-forscha izohli lug‘ati» nashr etilgan va «O‘zbekiston temir yo‘llari» ochiq aksionerlik jamiyatining «Strategik hamkorlik» boshqarmasi tomonidan shu sohaning qator yo‘nalishlariga tadbiq etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» ochiq aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 8 sentyabrdagi 1/1815-son ma’lumotnomasi). Natijada temir yo‘l qurilishi va harakatni xavfsiz tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

tadqiqot doirasida nashr etilgan «Temir yo‘l terminlarining ruscha-o‘zbekcha-forscha izohli lug‘ati» «Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Yo‘l markazi»da «Yo‘l xo‘jaligi», «Lokomotiv xo‘jaligi» va «Harakatni xavfsiz tashkil etish» qayta tayyorlov kurslarining dars jarayonlariga tadbiq etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» ochiq aksiyadorlik jamiyati Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti «Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash Yo‘l markazi»ning 2017 yil 27 yanvardagi A-22-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan lug‘at materiallari qayta tayyorlov kursi tinglovchilari uchun temir yo‘l qurilishi, yo‘l xo‘jaligi va harakat xavfsizligi kabi jarayonlarni o‘zlashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

tadqiqotning «Fors tilida kontekstual dubletlik» va «Fors tili  terminlarining qo‘llanilishi» kabi bo‘limlarida tahlilga tortilgan bir qator terminlardan xalqaro transport kompaniyalarining ish yuritish amaliyotida qo‘llanilgan («TAPESH TRANS» MChJning 2017 yil 3 fevraldagi № 25/17-son ma’lumotnomasi). Natijada transport logistikasi, yuk tashish, yo‘l qurilishi hamda ekspluatatsiyasi, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va avtomobilsozlik sohalarida eronlik hamkor tashkilotlarning ish hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoniga asos bo‘lmoqda. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish