Sayt test rejimida ishlamoqda

Jumaboev Sarvar Musurmonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan  fan tarmog‘i): «Elektron ta’lim muhitida talabalarning kompyuterli modellashtirish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi», 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped297.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Eshchanov Baxodir Xudayberganovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xaytullaeva Nafisa Saxobiddinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Etakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron axborot ta’lim muhitida talabalarning kompyuterli modellashtirish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:       
kompyuterli modellashtirish bo‘yicha kompetensiyalarning kognitiv, praksiologik, motivatsion, refleksiv  kabi funksional komponentlari ta’lim mazmunining bilimlar, faoliyat usullari va tajribalari tizimiga integratsiyasi asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kompyuterli modellashtirish bo‘yicha kompetensiyalarni rivojlantirishning tuzilmaviy-funksional modeli  formallashtirish, modellashtirish, algoritmlash va dasturlash bosqichlarida bilish mustaqilligi va faolligini oshirish orqali kompetensiyalar rivojlanganligining reproduktiv, algoritmik, qisman izlanuvchanlik va ijodiy  darajalari hamda anglash, bilish, qo‘llash, tahlil, sintez va xulosalash  ko‘rsatgichlari mazmunini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning kompyuterli modellashtirish bo‘yicha  kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlar, ofis dasturlar, amaliy dasturlar paketi va ta’limni loyihalash texnologiyalari  integratsiyasi asosida elektron o‘qitish vositalarini, o‘quv materiallari interfaolligi hamda prognostik, tanqidiy baholovchi va kreativlikni aniqlovchi ijodiy-intellektual topshiriqlar majmusini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan; 
talabalarda kompyuterli modellashtirish bo‘yicha kompetensiyalar rivojlanganligini aniqlashga qaratilgan reproduktiv, algoritmik, qisman izlanuvchan va ijodiy darajalarni baholashning avtomatik, haqqoniylik, integrativlik, ob’ektivlik xususiyatlariga ega motivatsion, faoliyatli va kreativ mezonlari  mazmuni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron axborot ta’lim muhitida talabalarning kompyuterli modellashtirish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishga oid tadqiqot natijalari asosida:
kompyuterli modellashtirish bo‘yicha kompetensiyalarning kognitiv, praksiologik, motivatsion, refleksiv  kabi funksional komponentlari ta’lim mazmunining bilimlar, faoliyat usullari va tajribalari  tizimiga integratsiyasi asosida ishlab chiqishga oid takliflar “kompyuterli modellashtirish” elektron o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan va kompmodel.uz domeni bo‘yicha internet tarmog‘iga joylashtirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 89-03-2490-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kompyuterli modellashtirish bo‘yicha kompetentligini rivojlantirishga imkon yaratilgan;
kompyuterli modellashtirish bo‘yicha kompetensiyalarni rivojlantirishning formallashtirish, modellashtirish, algoritmlash va dasturlash bosqichlarda, bilish mustaqilligi va faolligini oshirish orqali kompetensiyalar rivojlanganligining reproduktiv, algoritmik, qisman izlanuvchanlik va ijodiy  darajalari hamda anglash, bilish, qo‘llash, tahlil, sintez va xulosalash  ko‘rsatgichlari mazmunini ochib berish asosida ishlab chiqilgan tuzilmaviy-funksional modeli “Informatika o‘qitish metodikasi” bakalavriat yo‘nalishi malaka talabi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2782-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘quv kursini o‘zlashtirishlari osonlashgan, modellashtirishga oid kompetensiyalari rivojlanib kursni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari kuchaygan; 
talabalarning kompyuterli modellashtirish bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlar, offis dasturlar,  amaliy dasturlar paketi va ta’limni loyihalash texnologiyalari  integratsiyasi asosida elektron o‘qitish vositalarini, o‘quv materiallari interfaolligi hamda prognostik, tanqidiy baholovchi va kreativlikni aniqlovchi ijodiy-intellektual topshiriqlar majmusini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga oid takliflar va tavsiyalar №PZ-2017-0927124 “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha mazmuniga sindirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 89-03-2490-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda modellashtirishga oid kompetensiyalari mazmunan takomillashtirilgan va o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish