Sayt test rejimida ishlamoqda

Tugalov Farxod Qarshiboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan  fan tarmog‘i): «Fizikani o‘qitishda talabalarning ilmiy dunyoqarashini kompetentlik darajada shakllantirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped651.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Bekmirzaev Raxmatulla Nurmuradovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Olimov Kosim, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Maxmudov Yusup Ganievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fizikani o‘qitishda talabalarning ilmiy dunyoqarashini kompetentlik darajada shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yadro va zarralar fizikasi bo‘limini o‘qitish jarayonida ilmiy bilishning ilmiy abstraksiya, fikriy modellar, ilmiy g‘oyalar va gipotezalar kabi nazariy va kuzatish, eksperiment o‘tkazish, ilmiy faktlar asosida olingan natijalarining bayoni, tahlil va umumlashtirish kabi empirik metodlariga tayanilgan holda talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tuzilmasining kognitiv – kundalik, kasbiy, ilmiy bilimlar, qadriy – qadriyatlar, g‘oyalar, me’yorlar, hissiy-irodaviy – shaxsiy qarashlar, e’tiqotlar, amaliy – bilimlarni umumlashtirish kabi  komponentlari aniqlashtirilgan;
talabalarda ilmiy dunyoqarashni kompetentlik darajasida shakllantirishning metodik tizimi muammoli o‘qitish jarayonida talaba shaxsining ijodiy faoliyatini muammoli o‘qitish, illyustratsiyali tushuntirish, axborot-ma’lumot, dasturlashgan ta’lim kabi tarbiyalash texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
zarralar fizikasi bo‘yicha o‘quv laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va amalga oshirish bosqichlari mazmuni zarralarning turli xil kinematik xarakteristikalari (burchak, impul`s) yuqori aniqlikda hisoblangan, tajriba usulida olingan natijalar asosida taqsimotlar olishda dasturlashgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
talabalarning ilmiy dunyoqarashini kompetentlik darajasida shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minoti yadro va zarralar fizikasi bo‘limiga doir masalalar, test va laboratoriya kabi kreativ topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizikani o‘qitishda talabalarning ilmiy dunyoqarashini kompetentlik darajada shakllantirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
yadro va zarralar fizikasi bo‘limini o‘qitish jarayonida ilmiy bilishning ilmiy abstraksiya, fikriy modellar, ilmiy g‘oyalar va gipotezalar kabi nazariy va kuzatish, eksperiment o‘tkazish, ilmiy faktlar asosida olingan natijalarining bayoni, tahlil va umumlashtirish kabi empirik metodlariga tayanilgan holda talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish tuzilmasining kognitiv – kundalik, kasbiy, ilmiy bilimlar, qadriy – qadriyatlar, g‘oyalar, me’yorlar, hissiy-irodaviy – shaxsiy qarashlar, e’tiqotlar, amaliy – bilimlarni umumlashtirish kabi  komponentlariga oid takliflardan 2016-2017 yillarda amalga oshirilgan 259-02-01-1087 raqamli «Automated analysis of nuclear track emulsion in fundamental and applied problems of nuclear physics» mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5596-son ma’lumotnomasi). Natijada, yadro fizikasidagi fundamental va amaliy muammolarga doir yadroviy emul`siya metodikasida tahlillarni avtomatlashtirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish jarayoni talabalarning ilmiy dunyoqarashini kompetentlik darajasida shakllantirishga xizmat qilgan; 
talabalarda ilmiy dunyoqarashni kompetentlik darajasida shakllantirishning metodik tizimi muammoli o‘qitish jarayonida talaba shaxsining ijodiy faoliyatini muammoli o‘qitish, illyustratsiyali tushuntirish, axborot-ma’lumot, dasturlashgan ta’lim kabi tarbiyalash texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tizimli qo‘llashga oid takliflardan «Pedagogika» ta’lim sohasi 5110200 – fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5596-son ma’lumotnomasi). Natijada “Hozirgi zamon va koinot fizikasi” tanlov fani bo‘yicha talabalarning amaliy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan;
zarralar fizikasi bo‘yicha o‘quv laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish va amalga oshirish bosqichlari mazmuni zarralarning turli xil kinematik xarakteristikalari (burchak, impul`s) yuqori aniqlikda hisoblangan, tajriba usulida olingan natijalar asosida taqsimotlar olishda dasturlashgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llashga hamda talabalarning ilmiy dunyoqarashini kompetentlik darajasida shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv-metodik ta’minotiga oid takliflardan 254-04-14 raqamli «Design of crystalline molecular network by hydrogen bonds and studies of organic ferroelectrics» (2018-2019 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 dekabrdagi 89-03-5596-son ma’lumotnomasi). Natijada, yadro va zarralar fizikasi bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish samaradorligi oshgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish