Janzakov Anvar Botiroevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumta’lim maktablarida geografiya fanini axborot texnologiyalari vositasida o‘qitish mexanizmlarini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2018.3.PhD/Ped610.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Fayziev Mirzaali Asfandiyorovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining 7-sinf geografiya fanini axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanib o‘qitishning ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
7-sinf geografiya fanidan tayanch kompetensiyalar tarkibiga kiruvchi axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish bosqichlari interfaol xarita, vebga mo‘ljallangan didaktik o‘quv vositalar, nazorat qiluvchi va baholovchi amaliy dasturlardan foydalanish elementlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
axborot ta’lim muhitida geografiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning tahlil va sintez qilishini, ijodiy faolligini, kreativ fikrlashini hamda kompetentligini didaktik va rivojlantiruvchi imkoniyatlarining onlayn va offlayn testlar (TIMSS, PISA asosida), to‘garaklar va axborot resurslari majmuasidan iborat modeli yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 7-sinf geografiya fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi o‘qitish texnologiyalari (shaxsga yo‘naltirilgan, muammoli), virtual xarita, uch o‘lchovli o‘quv vositalar, mul`timediali ilovalar kabi didaktik elektron ta’lim resurslari bilimlar ketma-ketligiga ko‘ra integratsiyalash, tizimlashtirish, moslashtirish va boyitish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 7-sinf geografiya fanidan mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etishga qaratilgan interfaol metodlar (“Rezyume”, “FSMU”, “Muammoli”) va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘qitish modellarini rivojlantirish, maxsus domenga joylashtirilgan elektron ta’lim resurslarini ikki bosqichda olib borish, onlayn o‘quv mashg‘ulotlarni virtual shaklda tashkil etishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarida geografiya fanini axborot texnologiyalari vositasida o‘qitish mexanizmlarini takomillashtirish metodikasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
7-sinf geografiya fanidan tayanch kompetensiyalar tarkibi axborot texnologiyalari vositasidan foydalanish hamda axborot ta’lim muhitida geografiya fanini o‘qitishda o‘quvchilarning tahlil va sintez qilishini, ijodiy faolligini, kreativ fikrlashini hamda kompetentligini didaktik va rivojlantiruvchi imkoniyatlarining onlayn va offlayn testlar, to‘garaklar va axborot resurslari majmuasidan iborat modeli yaratishga oid takliflaridan 2012–2016 yillarda amalga oshirilgan F1-XT-0-16955-raqamli «Telekommunikatsiya tizimlarining globallashuvi sharoitida maktab o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning asosiy muammolari» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2020 yil 17 dekabrdagi 01/11-01/6-1538-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan o‘quv-tashkiliy tuzilmasi o‘qitish texnologiyalari o‘quvchilarning geografiya bo‘yicha tegishli kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 7-sinf geografiya fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi o‘qitish texnologiyalari va didaktik elektron ta’lim resurslarni o‘quv bosqichlari hamda bilimlar ketma-ketligiga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflardan 2011–2012 yillarda amalga oshirilgan IXT-2012-1-14-raqamli «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tabiiy fanlar mazmunini uzviyligini ta’minlash texnologiyasi» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2020 yil 17 dekabrdagi 01/11-01/6-1538-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyalardan 7-sinf geografiya fanining o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatini kengaytirgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 7-sinf geografiya fanidan mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etishga qaratilgan interfaol metodlar va axborot texnologiyalari asosida o‘qitish modellarini rivojlantirish, mashg‘ulotlarini virtual shaklda tashkil etishga oid taklif va tavsiyalardan 2012–2014 yillarda amalga oshirilgan A7-XT-1-29687-raqamli «O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondashuvlar» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2020 yil 17 dekabrdagi 01/11-01/6-1538-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tavsiyalardan 7-sinf geografiya fanining o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatini kengaytirgan.