Yusupov Muxammad Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini o‘quv jarayoni natijalarini baholashga o‘rgatish metodikasi», 13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1224.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika institutida bajarilgan.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Jo‘raev Xusniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini o‘quv jarayoni natijalarini baholashga o‘rgatish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyaviy yondoshuv sharoitida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini o‘quv jarayoni natijalarini baholashga o‘rgatish mazmuni ob’ektivlik va xolislik, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik va yaxlitlik, izchillik, ko‘rgazmalilik, umumiylik va xususiylik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tizimida (o‘quv maqsadlari, mazmuni, ta’lim jarayoni) bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilariga ta’lim oluvchilarning o‘quv jarayoni natijalari (psixologik, intellektual imkoniyatlari, ma’naviy-axloqiy sifatlari)ni baholashga o‘rgatishning shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ijtimoiy-pedagogik, kasbiy ehtiyoj va qiziqishlarini e`tiborga oluvchi psixologik, tayanch va fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik, auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarini tashkil etishning metodik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini o‘quv jarayoni natijalarini baholash kompetentligini shakllantirish modeli talabalarda zamonaviy baholash (reyting, kredit modul tizimi) ko‘nikmalarning mavjud darajasini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar (mustaqil ta’lim va pedagogik amaliyot)da rivojlantirishning interfaol ta’lim metodlari (SWOT tahlil, keyslar va muammoli topshiriqlar, intellektual karta, portfolio) hamda didaktik vositalari (o‘quv dastgohlar, jixozlar va vertual stendlar, media vizual ko‘rgazmalardan to‘g‘ri va sifatli foydalanish)ni to‘g‘ri tanlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini o‘quv jarayoni natijalarini baholash bo‘yicha ko‘nikmalari shakllanganligini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari (mativatsion-qadriyatli, bilish, amaliy faoliyatli, shaxsiy tajriba-refleksiv) hamda darajalari (yuqori, o‘rta, past) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining o‘quv jarayoni natijalarini baholashga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Jizzax davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat universitlarida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilari tayorlash mazmuniga ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajalarini nazorat qilish va baholashga oid tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da ko‘rsatib o‘tilgan g‘oyalarni amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5153-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim jarayoni mazmuni (darsning o‘quv maqsadlari, mazmuni, o‘qitish jarayoni) bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarini o‘quv jarayoni natijalarini baholashga o‘rgatishning metodik-psixologik yo‘nalishlari, xususiyatlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
texnologiya darslarida yog‘och bilan ishlashni va o‘quv jarayonini ob’ektiv va haqqoniy baholashga oid ilmiy yondashuvlarni o‘z ichiga olgan “Texnologiya va dizayn yog‘ochlarga ishlov berish dastgoxlari” nomli darslik yaratilib, ilmiy jamoatchilik orasida ommalashtirilgan mazkur darslikda bayon qilingan nazariy yondashuvlardan bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilari tayyorlashda pedagogika nazariyasi va amaliyotidan o‘quv resurslarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5153-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv jarayoni natijalarini nazorat qilish va baholashga o‘rgatishda bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining baholash ko‘nikmalarini mavjud darajasini pedagogik amaliyotda rivojlantirish tamoyillari, shakllari, vositalari,usul va metodlarini belgilash asosida takomillashtirilgan.