Nabieva Iroda Fayzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda quruq ko‘z sindromini kompleks davolashni optimallashtirish», 14.00.03 – Endokrinologiya; 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1485.
Ilmiy rahbarlar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori; Nazriqulova Qumrijon Islomovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N.Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda quruq ko‘z sindromini klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda majmuaviy davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
OSDI so‘rovnomasi, Shirmer va Norn sinamalarini joriy qilish bilan majmuaviy skrininglash asosida, ikkinchi tipdagi qandli diabetda quruq ko‘z sindromini tarqalishi va klinik shakllarini o‘ziga xosliklari asoslangan;
ko‘z yosh birligining funksional ko‘rsatkichlari va laboratoriya ma’lumotlarini korrelyasion tahlil qilish asosida ikkinchi tipdagi qandli diabetda ko‘z tizimi xolati bilan glikemiya va dislipidemiya orasida bog‘liqlik aniqlangan;
Koket-Bonn usuli bilan shoh pardani esteziometrlashda sezuvchanlikni tadqiq qilish natijalari asosida ikkinchi tipdagi qandli diabetda quruq ko‘z sindromi patogenezida diabetik neyropatiyaning o‘rni baholangan;
quruq ko‘z sindromini davolashda mahalliy ko‘z yosh o‘rnini bosuvchi dori vositasi «Keratrop»ni patogenetik ta’siri asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda quruq ko‘z sindromini kompleks davolashning optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qandli diabetda quruq ko‘z sindromini davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Qandli diabetda quruq ko‘z sindromini davolashni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 16 apreldagi 8n–d/134-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qandli diabet kasalligini natijasida quruq ko‘z sindromini tashxislash va samarali davolash tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda quruq ko‘z sindromini kompleks davolashning optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 31 iyuldagi 08-09/9347 – son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi funksional birlik ko‘rsatkichlarini dinamik monitoringi natijasida bazaviy gipoglikemik davolash ham ko‘z yosh o‘rnini bosuvchi dori vositalari bilan mahalliy davolash natijasida qandli diabet ikkinchi turida quruq ko‘z sindromini majmuaviy davolash eng yuqori samaradorligi ta’minlash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.