Axmedov Axmat Ibrogimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin old devori operatsiyasidan keyingi churralarini kompozit materiallardan foydalanib protezlashni eksperimental- klinik baholash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib512.
Ilmiy rahbar: Tursumetov Abdusattor Abdumalikovich, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan  muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Sadikov Rustam Abrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi  tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Polipropilen endoprotezini yangi mahalliy gemostatik kollagen  gemogubkadan foydalangan holda yara asoratlarining oldini olish hamda operatsiyadan keyingi ventral churra allogernioplastikasi natijalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polipropilen to‘rlarning tajribada birinchi marta in vitro sharoitida, shuningdek, biologik parchalanadigan sellyuloza mahsuloti «Gemogubka» bilan qoplanganda, biologik mos xususiyatlarga egaligi qiyosiy jihatdan va dinamikada isbotlangan; 
ventral churralar operatsiyasidan keyingi yiringli-yallig‘lanish yara asoratlari rivojlanishining asosiy indikatori bakteriyalar ekanligi o‘rganilgan; 
mahalliy gemostatik preparat «Gemogubka» allogernioplastikaning seroma hosil bo‘lishi va yiringli-yallig‘lanishli yara asoratlarining oldini olishda eksperimentda va klinikada birinchi marta yangi maxalliy preparat sellyuloza xosilasi kollagen gemogubkadan foydalanilgan;
antibiotik miramisin bilan qoplangan engil poliproplen to‘rning operatsiyadan keyingi yaralar yiringlashida indikator bakteriyalarga nisbatan bakteriotsid xususiyatlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qorin old devori operatsiyasidan keyingi churralarni kompozit gemogubka materiallardan foydalanib plastika qilish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
qorin old devori operatsiyadan keyingi churralarni allogernioplastikasi asoratlarini oldini olish bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qorin old devori operatsiyadan keyingi churralarni allogernioplastikasidan keyingi seromani va operatsiyadan keyingi yaraning yiringli-yallig‘lanish asoratlarini oldini olish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 martdagi 8n-d/115-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qorin bo‘shlig‘i qisilgan churralari yiringli asoratlarning oldini olish tizimini takomillashtirish orqali kasallikni davolash taktikasini tanlash hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. 
qorin old devori operatsiyadan keyingi churralarini protezlashda gemogubka hamda miramistin bilan kombinatsiyada ishlov berilgan polipropilen to‘rlardan foydalanish asosida ishlab chiqilgan «Infeksiya bilan zararlangan jarohatlarda allogenoplastika yordamida jaroxat asoratlarni oldini olish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 iyundagi 8n-d/115-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma infeksiyalangan sharoitda xam allogernioplastikani qo‘llash imkonini bergan;
qorin old devori amaliyotdan keyingi churralarni polipropilen to‘rning biologik mosligini oshirish va mamlakatimizda ishlab chikqarilgan yangi maxalliy gemostatik kollagen gemogubkadan foydalanib,jaroxat asoratlarini oldini olishning maxalliy usulini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahridagi «Happy Life» xususiy shifoxonasining klinik amaliyotiga, nogironlarni reabilitatsiya qilish Respublika markazi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 iyuldagi 08–09/7962-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi qorin old devori amaliyotdan keyingi churralari bilan xastlangan bemorlar xirurgik davolashining bevosita natijalari yaxshilanishiga, bemorlarning shifoxonada bo‘lish o‘rtacha davomiyligi qisqarishiga va bemorlarning erta ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish