Sayt test rejimida ishlamoqda

Allanazarov Allanazar Xudashkurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribada gen-modifikatsiyalangan mahsulotlarning immun tizimiga ta’siri xususiyatlarini baholashga majmuaviy yondoshish», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib.1456.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomlari: Buxoro davlat tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaeva Nigora Yaxyoevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fedos`kova Tat`yana Germanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: «Andijon davlat tibbiyot instituti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada gen-modifikatsiyalangan mahsulotning (soya misolida) immun tizimiga ta’siri xususiyatlarini aniqlash va baholashga majmuaviy yondoshishdan iborat bo‘lgan 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tajribada gen-modifikatsiyalangan soyaning immun tizim hujayralari miqdoriy va nisbiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etishi, buning oqibatida organizm immun tizimida immunologik disbalans vujudga kelishi aniqlangan;
tajribada gen-modifikatsiyalangan soyaning immunokompetent hujayralarga ta’sir darajasi hujayralararo qiyosiy aniqlangan; 
ayralariga ta’siri darajasi xromosoma abberratsiyalari paydo bo‘lishi hamda mitotik faollik pasayishi ko‘rinishida ifodalanishi qiyosiy tarzda isbotlangan;
gen-modifikatsiyalangan soya ta’sirida tajriba hayvonlari immun tizimi ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari darajasini baholovchi istiqbolni belgilovchi tajribaviy immunodefisit indeksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tajribada gen-modifikatsiyalangan soyaning immun tizimiga ta’siri xususiyatlarini aniqlash va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
gen-modifikatsiyalangan mahsulotning (soya) suyak ko‘migi hujayralariga ta’sir darajasini aniqlash uslubini muvofiqlashtirish imkonini bergan «Gen-modifikatsiyalangan mahsulot iste’mol qilgan laboratoriya hayvonlari suyak ko‘migi hujayralaridagi sitogenetik o‘zgarishlarni o‘rganish va baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 8n-r/88-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gen-modifikatsiyalangan soyaning tajribada organizm immunokompetent hujayralarga ta’sir darajasini aniqlash va baholash imkonini bergan.
gen-modifikatsiyalangan mahsulotlarning immun tizimiga ta’siri bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tajribada gen-modifikatsiyalangan mahsulotlarning immun tizimi ko‘rsatkichlariga ta’sirini qiyosiy baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 iyundagi 8n-r/463-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gen-modifikatsiyalangan mahsulotlarni immun tizimga ta’sir darajasini aniqlash imkonini bergan.
tajribada gen-modifikatsiyalangan mahsulotning immun tizimiga ta’siri xususiyatlarini aniqlash va baholashga majmuaviy yondoshish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy sog‘liqni saqlashga, xususan, Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasiga, Xorazm viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasiga, Hazorasp tumani sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi bo‘limiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 martdagi 8n-d/109-son ma’lumotnomasi). Natijada gen-modifikatsiyalangan mahsulotning immun tizimiga ta’sirini taxlil qilish va salbiy ta’sirini oldini olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish