Sayt test rejimida ishlamoqda

Amonov Azizbek Amonjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda milltalararo totuvlikni ta’minlash jarayoni evolyusiyasi», 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqotlar (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/S31.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Matibaev Taspolat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raev Qodirjon Asadovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni ta’minlash jarayoni evolyusiyasini sotsiologik tahlil qilish hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan  iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi O‘zbekistonni barpo etish sharoitida amalga oshirilayotgan milliy siyosat konsepsiyasida mul`tikul`turalizm, tolerantlik, plyuralizm, teng huquqlilik tamoyillari ustuvor yo‘nalishlar sifatida  o‘rin olishining ijtimoiy ahamiyati asoslangan; 
mamlakatimizda millatlararo totuvlikni shakllantirishda bag‘rikenglik, insonparvarlik, ezgulik fazilatlarining uyg‘unlashuvi bilan birga teng imkoniyatlar muhiti yaratilganligi va ma’naviy-intellektual rivojlanishida pozitiv dinamik tendensiya amal qilayotganligi isbotlangan;
millatlararo munosabatlarda konsensus darajasiga erishishda millatlararo aloqa madaniyati intensivlashuvining muhim jihatlari va yaqin o‘n yillikda kutilayotgan transformatsion jarayonlarining sotsiologik prognozi ochib berilgan; 
ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishda har bir shaxsning faoliyatini  manzilli, maqsadli faollashtirish, individual rivojlanishini, millatlararo totuvlikni, ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash negizida inson va jamiyatning ma’rifatli rivojlanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbekistonda milltalararo totuvlikni ta’minlash jarayoni evolyusiyasibo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi O‘zbekistonni barpo etish sharoitida amalga oshirilayotgan milliy siyosat konsepsiyasida mul`tikul`turalizm, tolerantlik, plyuralizm, teng huquqlilik tamoyillari ustuvor yo‘nalishlar sifatida  o‘rin olishining ijtimoiy ahamiyati asoslanganligiga oid taklifidan 2020 yilning 24 noyabr` kuni qabul qilingan «Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-bobdagi 30-moddasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2020 yil 30 dekabrdagi 04/5-05-39-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi O‘zbekistonda millatlararo totuvlik munosabatlarining qonuniy asosi yaratilgan.  
mamlakatimizda millatlararo totuvlikni shakllantirishda bag‘rikenglik, insonparvarlik, ezgulik fazilatlarining uyg‘unlashuvi bilan birga teng imkoniyatlar muhiti yaratilganligi va ma’naviy-intellektual rivojlanishida pozitiv dinamik tendensiya amal qilayotganligi isbotlanganligiga oid tavsiyalaridan Harakatlar strategiyasining beshinchi yo‘nalishining 5.1.-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori dasturining VIII bobi ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida, shuningdek, Markazning 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan amaliy tadqiqotlar loyihasi  «Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot hurujlariga qarshi kurashning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish» mavzusidagi davlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 23 dekabrdagi 1113-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekistonning ma’naviy dunyoqarashi yuksalishi bo‘yicha amaliy metodika yaratildi hamda yangi O‘zbekistoning milliy g‘oyasida millatlararo totuvlik ustuvor g‘oya sifatida kiritish belgilangan.    
millatlararo munosabatlarda konsensus darajasiga erishishda millatlararo aloqa madaniyati intensivlashuvining muhim jihatlari va yaqin o‘n yillikda kutilayotgan transformatsion jarayonlarining sotsiologik prognozi ochib berilganligiga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qarorining 4-ilovasi 16-bandi ijrosini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 89-03-5447-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, mamlakatimiz tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat, yot g‘oyalarga qarshi turish, diniy bag‘rikenglik va insoniylik tuyg‘ularini yanada oshirish imkoni yaratilgan.
ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishda har bir shaxsning faoliyatini  manzilli, maqsadli faollashtirish, individual rivojlanishini, millatlararo totuvlikni, ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash negizida inson va jamiyatning ma’rifatli rivojlanishi asoslanganligiga oid taklifidan Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishi, shuningdek, 2019-2021 yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasida samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2020 yil 11 dekabrdagi 01-08-15-31-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qo‘mita boshchiligida mamlakatimizda istiqomat qiluvchi 130 dan ortiq millat va elatlar millatlararo totuvlik g‘oyasi ostida yashashni ta’minlovchi yo‘l xaritasini milliy madaniy markazlar hamda Vazirlik, idora, korxona, tashkilot, muassasalar ishtirokida ishlab chiqish, shuningdek, uni amaliyotga joriy etish mexanizmlari tayyorlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish