Xasanov Mutalibjonning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ilk temir va antik davrda Sug‘d madaniyati», 07.00.06.   Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tar89.
Ilmiy rahbar: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSs.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Sagdullaev Anatoliy Sagdullaevich, tarix fanlari doktori; Eshov Baxodir Jo‘raevich, tarix  fanlari doktori, professor; G‘oyibov Bobir Sobirovich, tarix  fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sug‘dning ilk temir va antik davri moddiy va ma’naviy madaniyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jarqo‘ton arki hududida ochilgan ilk temir davri qabristonida etdan tozalangan yirik suyaklarni qamish bo‘yralarga o‘ragan holda yoki savatlarda ko‘mish dafn turining paydo bo‘lishi asosida ushbu davrda zardo‘shtiylik elementlarining yanada kuchayganligi  aniqlangan;
ibodatxonalar, qishloq va qabristonlarda aniqlangan  maxsus tosh va sopol bo‘laklari terilgan ibodat maydonlari, poklanish chuqurlari misolida  bronza davridan so‘nggi ellinizm davrigacha  diniy urf odat, marosimlar an’anasi aniqlangan;
mil. avv. X-IX asrlar yodgorliklaridan olingan yangi arxeologik materiallar va radiokarbon ma’lumotlari asosida Sug‘dda urbanizatsiyani boshlanishi Yaz II davrida kavilarning kirib kelishi hamda Sug‘d ibodatxonlarining bronza davridan to ilk o‘rta asrlarga qadar Oks diniy arxitekturasi sajarasi aniqlangan;
Ko‘ktepa va Jarqo‘ton yodgorliklarida aniqlangan qadimiy turar joylar misolida bu davrda engil konstruksiyali erto‘la, yarim erto‘la shaklidagi turar joylarda ham, xo‘jalik maydoni, ibodat joylari va oshxonadan iborat ekanligi aniqlangan;
Qo‘rg‘oncha yodgorligi sopol majmuasini qiyosiy o‘rganish orqali mahalliy sopol ishlab chiqarishdan (mil. avv. VI–V asrlar) ellin an’anasiga (mil. avv. III-II asrlar) o‘tish jarayonlari kuzatilganligi, Afrosiyob va Ko‘ktepa sopol idishlar majmuasi asosida esa mil.avv. III-II asrlarda daxlarning chirikrabot madaniyati kulollik an’analari kirib kelganligi aniqlangan.
mil. avv. II-I asrlarda kvadrat shakldagi rejaga ega, markazida ark joylashgan qal`a ko‘rinishdagi shaharlar (Kindiktepa) misolida daxlarning  Toshkent, Zarafshon va Buxoro hududlarida joylashishi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilk temir va antik davrda Sug‘d madaniyatini arxeologik jihatdan o‘rganish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
Ko‘ktepa, Sangirtepa va Sug‘dning boshqa yodgorliklaridan olingan radiokarbon tahlillari asosida mil. avv. X-IX asrlarda katta urbanizatsion jarayonlar boshlanganligi borasidagi ma’lumotlar O‘zR FA Arxeologik tadqiqotlar institutida 2015-2017 yillarda bajarilgan FA-F-1-001-“O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig‘i qadimgi tosh, ilk metallar va antik davrlari yodgorliklarini tizimli tadqiqot etish hamda O‘zbekiston xalqlari tarixiy merosi ob’ektlarini saqlash” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 16 avgustdagi 3/1255-2273-son ma’lumotnomasi). Natijada qadimiy Sug‘d shaharlarining paydo bo‘lish va ularni vohalarning ma’muriy shahar-markazlari darajasigacha rivojlanish jarayonlarini arxeologik manbalar asosida kuzatish imkonini bergan; 
Afrosiyob va Ko‘ktepa shahar xarobalaridan aniqlangan uy ro‘zg‘or buyumlari, sopol idishlar va boshqa moddiy madaniyat namunalari Samarqand shahrining qadimgi davr tarixiga oid ekspozisiyani yaratilishida keng foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2020 yil 12 noyabridagi 01-02-10-5061-son ma’lumotnomasi). Natijada muzey eksponatlari orasidan joy olgan ushbu buyumlar muzeyga tashrif buyuruvchilarga Sug‘dda yashagan ajdodlarimizning turmush tarzi, shaharsozligi, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlarida xizmat qilgan;
Ko‘ktepa, Afrosiyob, Erqo‘rg‘on va Uzunqir kabi qadimiy shaharlarda o‘tkazilgan arxeologik ishlar natijalari aniqangan qadimiy ibodaxonalar, turarjoy va ularning qurilish an’analari kabi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi «Dunyo bo’ylab» va O‘zbekiston tarixi” telekanallarida turli xil teleko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 11 avgustdagi 08-14-196 son va 02-40-1328-son ma’lumotnomalari). Ko‘rsatuvlar tomoshabinlarning ilk temir va antik davr Sug‘d tarixi, moddiy va madaniy hayotiga doir yangi ma’lumotlarni egallashlariga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish