Sayt test rejimida ishlamoqda

Abdullaev O‘ktamjon Sheralievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda pedagogik kadrlar tayyorlash tizimidagi yutuq va muammolar (1991-2018 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  V.2018.3. PhD/Tar 295.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,  PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Choriev Ahmadjon Xuvaevich, tarix fanlari doktori, professor; Xoliqova Rahbar Ergashevna, tarix fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida O‘zbekistonda pedagogik kadrlar tayyorlash ishi tarixini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
1990-yillar o‘rtalarigacha respublikadagi iqtisodiy qiyinchiliklar va ta’lim sohasiga davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning tanqisligi natijasida oliy o‘quv yurtlarida talabalar sonining qisqarib borganligi hamda uning eng quyi nuqtasi 1997-1998 o‘quv yiliga to‘g‘ri kelganligi dalillangan;
mustaqillikning dastlabki yillarida umumta’lim maktablari sonining yildan-yilga ortib borishi jarayonida oliy ta’lim uchun kvotalarning talab va taklif asosida ajratilmaganligi, pirovardida matematika, fizika, chet tili, boshlang‘ich ta’lim fanlari bo‘yicha pedagog kadrlar tanqisligining yuzaga kelganligi dalillangan;
pedagogika yo‘nalishi oliy o‘quv yurtlarining ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasida asosan diniy ekstremizm va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, boy tarix, o‘tmish, meros, qadriyat va urf-odatlarni targ‘ib etish mavzulari asosiy o‘rinlardan birini egallaganligi asoslangan;
ta’lim sohasini isloh qilishda konservativ yo‘nalish tanlanganligi,  ijtimoiy rivojlanish muammolarining echimini topishda yangi sharoitga moslashishning inobatga olinganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991–2018 yillarda O‘zbekistonda pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonining yutuq va muammolarini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida: 
mustaqillikning dastlabki yillarida ta’lim sohasini isloh qilishda konservativ yo‘nalish tanlanib, ijtimoiy rivojlanish muammolarining echimini topishda muddatini kechiktirish siyosatining ilgari surilishi va yangi sharoitga moslashishni inobatga olinishi kabi ilmiy natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 27 yanvardagi 89-03-499-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda pedagogik kadrlar tayyorlash sohasidagi islohotlarni mohiyatini asoslab berish imkonini bergan;
umumta’lim maktablari sonining yildan-yilga ortib borishi jarayonida oliy ta’lim uchun kvotalarni talab va taklif asosida ajratilmaganligi  pirovardida matematika, fizika, chet tili, boshlang‘ich ta’lim fanlari bo‘yicha pedagog kadrlar tanqisligini keltirib chiqarganligiga oid nazariy xulosalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining yoshlarga bag‘ishlangan “Qashqadaryoda ta’lim tizimi islohotlarining natijalari” ko‘rsatuvi, “Oltin voha” radiosining “Ilm ma’rifat” radioeshittirishi dasturiy ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 fevraldagi 04-15/401-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarni mazmunan boyitishga, tomoshabinlarda O‘zbekistonda ta’lim tizimi islohotlari va pedagogik kadrlar tayyorlash tarixi haqida keng tushunchaga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish