Sayt test rejimida ishlamoqda

Yuldashev Abdusamat Xalimovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Adaptiv testlov texnologiyasining samaradorligini oshirishda standartlashgan metod va vositalarni qo‘llash», 05.02.04 – «Standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T462
Ilmiy rahbar: Djumabaev Alijon Bakishevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: Muminov Najmiddin Shamsitdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Turaev Shavkat Abdikayumovich, texnika fanlari nomzodi.
Etakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba va tinglovchilar bilimini xolisona baholashda adaptiv testlov texnologiyasining samaradorligini oshirish uchun standartlashgan metod va vositalarni qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
invariant test topshiriqlarini qo‘llash sinaluvchilar qoldiq bilimini oshirishga bog‘liqligini asoslovchi adaptiv testlov usuli ishlab chiqilgan; 
test topshiriqlarini standartlashtirish natijasida talabalar egallayotgan bilimlarning Veybull taqsimot qonuniyati bilan approksimatsiyalanuvchi sifat qo‘rsatkichlarini kafolatlovchi dasturiy majmua takomillashtirilgan;
test topshiriqlarini murakkablik darajasi bo‘yicha differensiatsiyalab, to‘g‘ri javoblar uchun ballarni test murakkabligiga qarab o‘zgartirish imkonini ta’minlovchi baholash texnologiyasi takomillashtirilgan; 
talaba va tinglovchilar bilimini olingan javoblar natijasiga qarab, testlarning murakkablik darajasini o‘zgartirish imkonidan kelib chiqib, kvalimetrik baholash usulini ta’minlovchi adaptiv testlov texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Adaptiv testlov texnologiyasining samaradorligini oshirishda standartlashgan metod va vositalarni qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning bilimini xolisona baholashga qaratilgan, kompyuter dasturlari asosidagi adaptiv testlov texnologiyasi bir qator OTMlarda joriy etilgan (O‘zROO‘MTVning 2019 yil 28 oktyabrdagi 10/1303 – son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar qoldiq bilimi salmog‘i qo‘llanilayotgan o‘xshash metodlarga nisbatan ADU, FarPI va JizPI da 28-32%, QarMIIda 25-30% ga ortgan;
test topshiriqlarini qo‘llash bilan talabalar bilimini sifat ko‘rsatkichlarining kafolatlash uchun dasturiy majmua ishlab chiqilib, bir qator OTMlarda joriy etilgan (O‘zR OO‘MTVning 2019 yil 28 oktyabrdagi 10/1303-son ma’lumotnomasi). Natijada bitta sinaluvchiga nisbatan JizPI da 12 ming so‘m, FarPI va ADU da 11,5 ming so‘m, QarMII da 10 ming so‘mni va yillik har bir OTMda 7,5 mln. so‘m miqdorida haqiqiy iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida tinglovchilarning bilimini xolisona baholashga qaratilgan, kompyuter dasturlari asosidagi adaptiv testlov texnologiyasi “O‘zstandart” agentligi tasarrufidagi “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti" davlat muassasasi (Standartlar instituti)gajoriy etilgan(“O‘zstandart” agentligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1126-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar qoldiq bilimi salmog‘i qo‘llanilayotgan o‘xshash metodlarga nisbatan 28-32% ga oshgan;
tinglovchilar qoldiq bilimini oshirish imkonini beruvchi invariant test topshiriqlarini qo‘llovchi adaptiv testlov usuli ishlab chiqilib, “O‘zstandart” agentligi tasarrufidagi “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti" davlat muassasasida joriy etilgan (“O‘zstandart” agentligining 2020 yil 17 martdagi 89-03-1126-son ma’lumotnomasi). Natijada bitta tinglovchidan 12,5 ming so‘m va yillik o‘rtacha 7,5 mln. so‘m miqdorida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish