Sayt test rejimida ishlamoqda

Arifdjanova Kamola Sayfullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Markaziy Qizilqum fosforitlaridan olingan ekstraksion fosfor kislotasi asosida natriy va natriy-ammoniy ortofosfatlarning fizik-kimyoviy asoslari va texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/T149.
Ilmiy maslahatchi: Mirzakulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor; Sultonov Baxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: MQ fosforitlarini texnik va ozuqabop natriy va natriy-ammoniy ortofosfatlariga qayta ishlash texnologiyasini fizik-kimyoviy asoslash va ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kal`siyli birikmalar – kal`siy oksidi, BFX, YuKFK bilan MQ fosforitlardan olingan qisman ftorsizlantirilgan EFKni sul`fatsizlantirish jarayonining optimal texnologik parametrlari va hosil bo‘lgan cho‘kmalar tarkibi aniqlangan;
ilk bor EFKni sul`fat va ftor ionlaridan yuqori darajada tozalash uchun sul`fat ioniga kal`siyli reagentning hamda EFK tarkibidagi ftorga natriy silikat tarkibidagi Na2Oning optimal nisbatlari aniqlangan;
reaksiyaning izobar-izotermik potensialining past qiymati (-5,54 kj/mol`) sababli TNF hosil bo‘lish reaksiyasi qiyin borishi isbotlangan hamda EFK va natriy gidrofosfat eritmalarini natriy gidroksid bilan neytrallanganda TNF hosil bo‘lishi oson kechishi aniqlangan;
izomolyar seriya usuli bilan EFK, natriy digidrofosfat va monoammoniyfosfat natriy karbonat bilan o‘zaro ta’siri natijasida natriy digidro-, gidro- va TNFlar hamda natriy-ammoniygidrofosfat olishning  maqbul  sharoitlari aniqlangan;
mono-, dinatriyfosfatlar, mono-, diammoniy fosfatlar, natriy karbonatli sistemalarda vizual-politermik usul bilan eruvchanligi va sistemalar oddiy evtonik turga mansub ekanligi aniqlangan. 
MQ fosforitlaridan olingan ftorsizlantirilgan EFKni tozalash va aralashmalardan tozalangan mononatriy- va dinatriy fosfatlarning eritmalarini olish, ularni TNF olish uchun qayta ishlash jarayoniga texnologik parametrlarning ta’siri va hosil bo‘lgan cho‘kmalar tarkibi aniqlangan;
turli xil gidratli natriy ortofosfatlarning kristallanish jarayoniga texnologik parametrlarning ta’sir qonuniyatlarini aniqlangan;
natriy-ammoniy gidrofosfat tetragidrat va uning asosida natriy digidrofosfat monogidrat sintezi uchun optimal sharoitlar aniqlangan;
ilk bor MQ fosforitlaridan olingan EFKdan natriy digidro-, gidro-, TNFlar va natriy-ammoniy gidrofosfat olish jarayonlarining optimal texnologik parametrlari aniqlangan;
MQ fosforitlaridan olingan EFKni turlicha gidratlangan natriy ortofosfatlarga va natriy-ammoniy gidrofosfat tetragidratga hamda natriy-ammoniygidrofosfat tetragidratni natriy digidrofosfat monogidratiga qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
MQ fosforitlardan texnik, ozuqabop va yuqori darajadagi tozalikdagi natriy va natriy-ammoniy fosfatlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
natriy fosfat olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№IAP 04968, 2014). Natijada, MQ fosforitlaridan olingan EFK asosida toza natriy ortofosfat olish imkonini bergan; 
MQ fosforitlaridan olingan EFKsidan natriy ortofosfatlar, shundan TNF ishlab chiqarish texnologiyasi «Uzkimyosanoat» AJ ning «2021-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Uzkimyosanoat» AJning 2021 yil 18 avgustdagi 23-3-2964-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikada ilk bor MQ fosforitlaridan olingan EFK asosida natriy ortofosfat tuzlarini olish imkonini bergan;
monoammoniyfosfatning tozalangan eritmalari yordamida yuqori tozalikdagi natriy-ammoniygidrofosfat tetragidrati va natriy gidrofosfat olish texnologiyasi «Uzkimyosanoat» AJning «2021-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga  kiritilgan («Uzkimyosanoat» AJning 2021 yil 18 avgustdagi 23-3-2964-son ma’lumotnomasi). Natijada, monoammoniyfosfatning tozalangan eritmalaridan texnik, ozuqabop va yuqori tozalikdagi natriy-ammoniygidrofosfat tetragidrati va natriy digidrofosfat olish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish