Sayt test rejimida ishlamoqda

Bozorov Nurad Ismatovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Akril monomerlari asosida gomo- va sopolimerlar sintezi: xossalari va qo‘llanilishi», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/K90.
Ilmiy maslahatchi: Kudishkin Valentin Olegovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti, DSs.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor; Rafikov Adxam Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Maksumova Aytura Sitdikovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: radikal polimerlanish sharoitida akril monomerlari asosida chiziqli va payvand gomo- va sopolimer makromolekulalarini olish bo‘yicha eksperimental yondashuvlarni ishlab chiqish, molekulyar xususiyatlarni tartibga solishning samarali vositalarni yaratish, shuningdek sintezlangan polimerlarning ekspluatatsion tavsiflarini belgilab beruvchi fizik-kimyoviy va strukturaviy xususiyatlarini o‘rganish hamda ularni amalda qo‘llash sohalarini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suvli eritmada oksidlovchi-qaytaruvchi inisiatorlar sharoitida poliakrilamidni sintez qilish qonuniyatlari aniqlangan. Sintez sharoitlarining poliakrilamidning molekulyar-massaviy xususiyatlari bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rnatilgan; 
ilk bor "Navoiyazot" AJ da ishlab chiqarilgan monomer eritmasini xomashyo sifatida qo‘llab, akrilamidning polimerlanish jarayoni va molekulyar massasiga Bombyx Mori xitozanini qo‘shish orqali samarali ta’sir qilishi mumkinligi ko‘rsatilgan, bu esa yuqori molekulyar, suvda eruvchan poliakrilamid sintezi usullarini ishlab chiqish istiqbollarini ochib beradi;
akril kislotaning turli tuzilishdagi sopolimerlari sintezining o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatilgan. Sintezning o‘ziga xosligi akril kislota molekulalari orasida vodorod bog‘larning hosil bo‘lishi bo‘lib, bu metilakrilat va akril kislota asosidagi statistik sopolimerlarning sinteziga va sopolimerlarning xossalariga ham ta’sir etadi;
ilk bor radikal inisiirlanish sharoitida akril kislotaning quyimolekulyar polietilenga Grafgting from usuli bilan tikilishi orqali payvand sopolimerlar sintez qilingan. Olingan natijalar tikilish samaradorligi etarlicha yuqori bo‘lgan berilgan tarkibli sopolimerlarni olish imkonini beradi;
ilk bor polietilenli kompozisiyalarda kraxmal makromolekulalari bilan akril kislota bo‘g‘inlarining o‘zro ta’sirlashish qobiliyati aniqlangan;
akril kislota sopolimerlarining tuzilishi va termik xususiyatlari hamda ular asosidagi kompozisiyalarning o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Akril monomerlari asosida gomo- va sopolimerlar sintezi: xossalari va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistondagi Ustyurt gaz-kimyo majmuasida ishlab chiqarilgan modifikatsiyalangan quyimolekulyar polietilendan foydalanish va qurum bilan to‘ldirilgan konsentratlarni olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Modifikatsiyalangan quyimolekulyar polietilen “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJ da amaliyotga tadbiq etilgan (“Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJning 2021 yil 26 apreldagi 030/2167-son ma’lumotnomasi). Superkonsentrat ishlab chiqarishda modifikatsiyalangan polietilendan foydalanish natijasida iqtisodiy samaradorlik yiliga 66,258 mln so‘mni tashkil etadi;
“Navoiyazot” AJda ishlab chiqarilgan suvli eritmadan sintez qilingan poliakrilamid asosida flokulyant olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Poliakrilamid “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ da fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexining yuvish bo‘limining texnologik quyqasini tozalash uchun flokulyant sifatida sinovdan o‘tkazildi (“O`zkimyosanoat” AJning 2021 yil 25 maydagi 23-3-1918-son ma’lumotnomasi). “Navoiyazot” AJda ishlab chiqarilgan monomerning suvli eritmasidan poliakrilamid olish usuli flokulyantni olish texnologiyasini sezilarli darajada soddalashtiradi va suvda eruvchanligini oshiradi, bu esa sanoat miqyosida noionli flokulyant ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish istiqbollarini ochib beradi; 
radikal polimerlanish reaksiyalari asosida sintez qilingan akril monomerlarining (so)polimer eritmalarining xossalari tadqiqot natijalaridan A-4-13 raqamli “Elektrospinning usulida fibroin, xitozan va akrilonitril sopolimeri asosida nanotolali noto‘qima materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasida oksidlovchi-qaytaruvchi inisiatorlar ishtirokida akril monomerlari asosida sintez qilingan (so)polimerlarning molekulyar-massaviy tavsiflarini va suyultirilgan eritmalaridagi bog‘liqligini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universtitetining 2021 yil 26 avgustdagi 04/11-4418-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan nanotolali materiallarning morfologiyasini polimerlarning molekulyar-massaviy tavsiflarini o‘zgartirish orqali nazorat qilish, neytral va quyi asosli muhitda tolali tuzilishini saqlab qolish imkonini yaratishda va suv bug‘lariga nisbatan sorbsion xossalarini tadqiq qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish