Sayt test rejimida ishlamoqda

Abobakirova Odina Nabievnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek bolalar hikoyachiligida badiiy uslub va qahramon masalasi (N.Fozilov, L.Mahmudov, A.Obidjon ijodi misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil.702.
Ilmiy rahbar: Sabirdinov Akbarali G‘afurovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori; Barakaev Rahmatulla, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi XX asr o‘zbek bolalar hikoyachiligi taraqqiyoti va shakllanishida Nosir Fozilov, Latif Mahmudov, Anvar Obidjon ijodining o‘rni hamda ahamiyatini, uslublaridagi o‘ziga xoslik va mushtaraklik, qahramonlar talqinidagi mahorat masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek bolalar hikoyachiligining jonli ta’sirchan milliy qahramon yaratish bilan bog‘liq  ifoda va tasvir usullari, shakllanishi va takomili bilan bog‘liq nazariy asoslari o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, Sharq mumtoz adabiyoti, rus va G‘arb adabiyoti an’analari asosida yuzaga kelganligi, o‘ziga xos yuksalish bosqichini bosib o‘tganligi ilk bor Nosir Fozilov, Latif Mahmudov, Anvar Obidjon asarlari  misolida aniqlangan;
o‘zbek bolalar hikoyachiligi talqin va tasviridagi hayotiylik hamda haqqoniylik, ifoda uslubining goh badiiy to‘qimaga, goh hayot haqiqatiga, goh engil yumorga, goh chuqur falsafaga uyg‘un aks ettirilishi yozuvchi tarjimai holi, dunyoqarashi, yondashuvidagi betakrorlik, qahramon va voqelikni tanlay bilish mahorati bilan bog‘liqligi isbotlangan; 
XX asr o‘zbek bolalar hikoyalari ta’sirchanligini ta’minlagan yuksak badiiyat, turli davr va qahramonlar talqini, milliy ruhiyat tasviridagi ijodkorning o‘z uslubini topishdagi ijodiy izlanishlari mahsuli bo‘lgan an’anaviylik va o‘ziga xoslik, badiiy mahorat va induvidual yondashuv ijtimoiy-siyosiy voqelik adabiy muhit, xalqning turmush tarzi bilan bog‘liqligi  Nosir Fozilov, Latif Mahmudov, Anvar Obidjon asarlari misolida dalillangan;  
bolalar hikoyalarining betakror uslubiy-kompozision va syujet qurilishida yozuvchining biografiyasi bilan bog‘liq voqealar, mavzu va obrazlarni tanlashdagi yondashuvi muhim ekanligi, ular asar badiiy-estetik qimmati, hayotiyligi, ta’sirchanligini ta’minlashda muhim o‘rin tutishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek bolalar  hikoyachiligida Nosir Fozilov, Latif Mahmudov, Anvar Obidjon asarlari tadqiqiga asoslangan badiiy uslub  va  qahramon   masalasi mavzusida olib borilgan mazkur tadqiqot natijalari asosida: 
o‘zbek bolalar hikoyachiligining hayotiy, haqqoniy, jonli milliy qahramon yaratish bilan bog‘liq nazariy asoslari, shuningdek, uning o‘zbek xalq og‘zaki ijodi va Sharq mumtoz adabiyoti, Evropa va rus adabiyoti an’analari asosida shakllanganligi genezisi  va nazariy asoslariga oid xulosalaridan Farg‘ona davlat universitetida 2017–2020 yillarga mo‘ljallangan №OT-F1-100 raqamli  “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” mavzusidagi fundamental  loyihada foydalanilgan  (Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  2020  yil   20 noyabrdagi 89-03-4856-son ma’lumotnomasi). Natijada “Zamonaviy barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi” nomli o‘quv-uslubiy ko‘rsatmaning “O‘zbek bolalar hikoyachiligida milliy ruhiyat tasviri” nomli 2-bobini ilmiy jihatdan boyitilgan;
o‘zbek bolalar hikoyachiligi talqin va tasviridagi jonlilik, hayotiylik, haqqoniylik kabi jihatlar, ifoda yo‘sinida uslubning goh badiiy to‘qimaga, goh hayot haqiqatiga, goh chuqur falsafaga, goh engil yumorga uyg‘un aks ettirilishidagi o‘rni, yozuvchi dunyoqarashi, yondashuvidagi betakrorlik uning asarga qahramon va voqelikni tanlay bilish mahorati bilan bog‘liqligi xususidagi ilmiy-nazariy  natijalaridan Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarga bajarilgan “OT-F1-18 raqamli  “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada bolalar muloqotining o‘ziga xos jihatlarining tavsiflash muloqot jarayoniga ijtimoiy, madaniy, milliy omillar ta’sirini o‘rganish, bolalar nutqining struktur ko‘rinishlari hamda shakllanish asoslarini aniqlash, bolalar nutqida qo‘llanuvchi so‘zlar etimologiyasi borasidagi qarashlarini shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 89-03-4856-son ma’lumotnomasi). Natijada turli diskurslarda bolalar nutqining qo‘llanishdagi o‘ziga xoslik, kattalar nutqi farqlarini o‘rganishda xizmat qilgan. Tilning ijtimoiy va yoshga doir qatlamlarining ilmiy-amaliy tahlilini yangi bosqichga ko‘tarish jihatlari yoritilgan; 
o‘zbek bolalar hikoyachiligida uslub muammosi hamda janr xususiyatlari, milliy ruhiyat tasviri, davr hamda qahramon talqini, syujet qurilishdagi o‘ziga xosliklar, uslubiy-kompozision, badiiy xususiyatlarning aks etishiga oid ilmiy qarashlari va xulosalaridan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2019–2020 yillarda efirga uzatilgan “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Abadiy muhit”, “Qadriyat” ko‘rsatuvlarida, shuningdek, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat  teleradiokompaniyasining 2020 yil 2 noyabrdagi 12-01/107-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish