Shaydullaeva Guljahon Shopo‘latovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oks va Xarappa sivilizatsiyalarining madaniy aloqalari», 07.00.06.-Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.Phd/Tar659
Ilmiy rahbar: Berdimurodov Amriddin Ergashovich, tarix fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSs.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Ahmadali Asqarovich, tarix fanlari doktori, professor, akademik; Mavlonov O‘ktam Maxmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA San’atshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oks va Xarappa sivilizatsiyalari madaniy aloqalarini aks ettiruvchi moddiy madaniyat namunalari, “Avesta” hamda “Rigveda” yozma manbalari asosida ikki mintaqa o‘rtasida kechgan madaniy aloqalarning ijtimoiy xarakterini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oks sivilizatsiyasiga xos sopol, metall va toshdan yasalgan moddiy madaniyat ashyolari Xarappa madaniyatining Mergar, Moxenjo Daro, Chanxu Daro, Kalibangan kabi ko‘plab yodgorliklarida keng tarqalganligi qiyosiy taqqoslash orqali ochib berilgan;
O‘rta Osiyodan Hind vodiysiga faqat tabiiy boyliklar (Badaxshon lojuvardlari, Karmana metali, Sherobod osh tuzi) olib borilmaganligi, balki Oks sivilizatsiyasining nodir metall buyumlari, xunarmandchilik mahsulotlari savdo aloqalarining asosini tashkil etganligi isbotlangan;
Amudaryo havzasida Sho‘rto‘qay yodgorligining vujudga kelish sababi Badaxshon lojuvardi makonini egallash bilan bog‘liq ekspansiya siyosati emas, balki aholining dehqonchilikka qulay bo‘lgan erlarni o‘zlashtirish bo‘lganligi asoslangan;
Balujistonning Mergar yodgorligidan Oks sivilizatsisiga xos moddiy madaniyat ashyolarning ko‘plab uchrashi asosida qadimda bu shahar ikki sivilizatsiyalarni bog‘lovchi markaz ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oks va Xarappa sivilizatsiyalarining madaniy aloqalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Oks sivilizatsiyasiga xos moddiy madaniyat ashyolarining Xarappa madaniyati yodgorliklarida keng tarqalganligi, Oks va Xarappa sivilizatsiyasida aniqlangan madaniy aloqalarni aks ettiruvchi moddiy topilmalar asosida hududlar orasidagi aloqalar teng o‘rnatilganligi, hozirgi kunda keng tarqalgan Qadimgi Sharqning O‘rta Osiyoga madaniy ta’siri bir tomonlama bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar Surxondaryo viloyatida tarixiy va arxeologiya turizmini targ‘ib qilish foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 05 oktyabrdagi 02-16-4616-son ma’lumotnomasi). Natijada Surxon vohasidagi bronza davriga oid yodgorliklarda arxeologik turizm yo‘nalishida ekskursiyalarning oshirilishiga erishilgan;
O‘rta Osiyodan Hind vodiysi yodgorliklariga nafaqat xomashyo ko‘rinishidagi mahsulotlar (Badaxshon lojuvardi, Karmana metali, Sherobod osh tuzi), balki, tayyor mahsulot ko‘rinishidagi (torevtika buyumlari, hunarmandchilik mahsulotlari) tovarlar olib borilganligi, Amudaryo havzasida Xarappaga xos Sho‘rto‘qay yodgorligining vujudga kelishining asosiy sababi Badaxshon lojuvardining o‘zlashtirishiga bo‘lgan ekspansiya emas, balki, aholining dehqonchilikka qulay bo‘lgan erlarni egallash siyosati ekanligiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvida namoyish etildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 4 yanvardagi 02-10-03-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarda Markaziy Osiyo bronza davri madaniy aloqlari, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlari haqida keng tushuncha hosil qilingan.