Mamadjanova Nozimaxon Azimxodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p tillilik muhitida umumta’lim maktabi o‘quvchilarining interferentiv kompetensiyasini shakllantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped150.
Ilmiy rahbar: Muxitdinova Xadicha Sobirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01. 
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘p tillilik muhitida umumta’lim maktabi o‘quvchilarining interferentiv kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi xorijiy til ko‘nikmalarining ikkinchi xorijiy tilga ijobiy ta’siri tilning genetik omili-qardoshlik va noqardoshlik xususiyatlarini belgilovchi  pedagogik imkoniyatlari kuchli, kuchsiz, implisit, eksplisit, ichki, tashqi interferensiya hodisasi turlari, innovatsion va ijodiy faoliyat komponentlarini lingvistik kompetensiyalarga optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan; 
o‘quvchilarning til tajribalari asosida differensiatsiyalashgan guruhlarda interferentiv kompetensiyani shakllantirishning faoliyatli, refleksif va pedagogik imkoniyatlari ijodiy faollik,  kreativlik o‘z o‘zini baxolash, individual rivojlantirish hamda informatsion, operatsion, motivatsion, kommunikativ mashqlar va loyiha ishi kabi didaktik komponentlarga ustuvorlik berish asosida  shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari orqali takomillashtirilgan; 
interferentiv kompetensiyani shakllantirish mexanizmi individual, differensial ta’lim texnologiyalarining ijodiy, emotsional-rag‘batlovchi, variativ vositalarini kolloborativ va materiallarni modellashtirish, variantlash, ularning komponentlari hamda kompetensiyalarga daxldor ichki turlarini aniqlash orqali o‘quv mashg‘ulotlarining tashkiliy, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi jihatlariga integratsiyalash orqali takomillashtirilgan; 
ko‘p tillilik muhitida o‘quvchilarning asosiy nutqiy me’yorlarni tushunish ko‘nikmalari o‘qish va tinglab tushunishga  oid mashq turlarini o‘zlashtirishga oid interferentiv kompetensiyasining shakllanganlik darajasi pragmatik, leksik-semantik, kommunikativ, psixofiziologik, talabalarning formativ va diagnostik baholash mezonlari hamda samarali mashqlar tizimini integrativ yondashuv orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida interferentiv kompetensiyani shakllantirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi xorijiy til ko‘nikmalarining ikkinchi xorijiy tilga ijobiy ta’siri tilning genetik omili-qardoshlik va noqardoshlik xususiyatlarini belgilovchi  pedagogik imkoniyatlari kuchli, kuchsiz, implisit, eksplisit, ichki, tashqi interferensiya hodisasi turlari, innovatsion va ijodiy faoliyat komponentlarini lingvistik kompetensiyalarga optimallashtirish asosida aniqlashtirishga oid taklfilar “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘atini tuzish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 sentyabrdagi 89-03-3343-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi o‘qituvchilarning metodik saviyalarini ko‘tarishga yordam bergan;
o‘quvchilarning til tajribalari asosida differensiatsiyalashgan guruhlarda interferentiv kompetensiyani shakllantirishning faoliyatli, refleksif va pedagogik imkoniyatlari ijodiy faollik,  kreativlik o‘z o‘zini baxolash, individual rivojlantirish hamda informatsion, operatsion, motivatsion, kommunikativ mashqlar va loyiha ishi kabi didaktik komponentlarga ustuvorlik berish asosida  shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari orqali takomillashtirishga oid takliflar A-1-197 raqamli “Ingliz tili va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 sentyabrdagi 89-03-3343-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarga qo‘yiladigan baholarning xolisligi va shaffofligini ta’minlash imkoniyati oshirilgan;
interferentiv kompetensiyani shakllantirish mexanizmi individual, differensial ta’lim texnologiyalarining ijodiy, emotsional-rag‘batlovchi, variativ vositalarini kolloborativ va materiallarni modellashtirish, variantlash, ularning komponentlari hamda kompetensiyalarga daxldor ichki turlarini aniqlash orqali o‘quv mashg‘ulotlarining tashkiliy, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi jihatlariga integratsiyalash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Madaniy, ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” dasturi orqali efirga uzatib borilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali 2018 yil 4 apreldagi 04-25-618-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning fonetik, grammatik va leksik ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini yaratgan. 
ko‘p tillilik muhitida o‘quvchilarning asosiy nutqiy me’yorlarni tushunish ko‘nikmalari o‘qish va tinglab tushunishga  oid mashq turlarini o‘zlashtirishga oid interferentiv kompetensiyasining shakllanganlik darajasi pragmatik, leksik-semantik, kommunikativ, psixofiziologik, talabalarning formativ va diagnostik baholash mezonlari hamda samarali mashqlar tizimini integrativ yondashuv orqali takomillashtirishga oid takliflar A-1-197 raqamli “Ingliz tili va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 sentyabrdagi 89-03-3343-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ingliz tilidagi fonetik kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatini yanada oshirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish