Boboyorov Shuhratjon Suvonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish tizimida o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1604
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish tizimida o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish tizimida o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirishning motivatsion, tashkiliy-faoliyatli hamda muammoli topshiriqlarni echa olish, o‘zaro yordam, o‘zini o‘zi baholash, tanqidiy yondashuv, mustaqil qaror qabul qilish kabi pedagogik imkoniyatlari o‘qituvchilarning kasbiy-faoliyatini ilg‘or tajribalarga mos ravishda loyihalashtirish ko‘nikmalarining refleksiv tayyorlik darajasini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligi kognitiv xarakterdagi maqsadga intilish, faollik, asosli motivatsiyaga egalik, o‘z faoliyatini rejalashtirish, mustaqillik, qaror qabul qilishda tezkorlik va ular uchun mas’ullik, o‘z harakatlariga baho berishda tanqidiy yondashuv, majburiyat xissi kabi didaktik jarayonlarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida o‘quv vaziyatlari turlarini tizimlashtirish va klassifikatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
o‘zini o‘zi rivojlantirish ta’lim modeli ta’lim oluvchilarning motivatsion-maqsadli, mazmunli-faoliyatli, natijaviy-refleksiv, tashkiliy-metodik kompetensiyalarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga ustuvorlik berish orqali kasbiy kompetensiya va zamonaviy ta’lim tamoyillarining konseptual pedagogik shart-sharoitlari hamda umumpedagogik talablar bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirish jarayonida ularning kasbiy malakalarini darajasini aniqlashning diagnostik matrisasi shaxsiy kompetenisyalarini rivojlantirishga pedagogik ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar hamda ijodiy faoliyat jarayonini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish tizimida o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
malaka oshirish tizimida o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirishning motivatsion, tashkiliy-faoliyatli hamda muammoli topshiriqlarni echa olish, o‘zaro yordam, o‘zini o‘zi baholash, tanqidiy yondashuv, mustaqil qaror qabul qilish kabi pedagogik imkoniyatlari o‘qituvchilarning kasbiy-faoliyatini ilg‘or tajribalarga mos ravishda loyihalashtirish ko‘nikmalarining refleksiv tayyorlik darajasini aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar A-1-23 raqamli “O‘qituvchilar uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 89-03-4891-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish tizimida o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligini takomillashtirish jarayoni samaradorligining oshishiga erishilgan;
o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligi kognitiv xarakterdagi maqsadga intilish, faollik, asosli motivatsiyaga egalik, o‘z faoliyatini rejalashtirish, mustaqillik, qaror qabul qilishda tezkorlik va ular uchun mas’ullik, o‘z harakatlariga baho berishda tanqidiy yondashuv, majburiyat xissi kabi didaktik jarayonlarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida o‘quv vaziyatlari turlarini tizimlashtirish va klassifikatsiyalash orqali takomillashtirishga oid taklfilar “Pedagogning kasbiy kompetentligi va mahorati” o‘quv qo‘llanmasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 6 sentyabrdagi 522-son buyrug‘i bilan berilgan 359-130-raqamli guvohnoma) mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 89-03-4891-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning kasbiy kompetentligi o‘zini o‘zi rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
o‘zini o‘zi rivojlantirish ta’lim modeli ta’lim oluvchilarning motivatsion-maqsadli, mazmunli-faoliyatli, natijaviy-refleksiv, tashkiliy-metodik kompetensiyalarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga ustuvorlik berish orqali kasbiy kompetensiya va zamonaviy ta’lim tamoyillarining konseptual pedagogik shart-sharoitlari hamda umumpedagogik talablar bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklfilar ITD-5-42 raqamli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan elektron mediata’lim muhitini shakllantirishning metodik tizimini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 89-03-4891-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik faoliyatda o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligini takomillashtirish davrida o‘qitish samaradorligini, o‘quvchilarning o‘quv fanlariga bo‘lgan qiziqishlarini va o‘quv faolligining oshishiga erishilgan.
o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi rivojlantirish jarayonida ularning kasbiy malakalarini rivojlantirish darajasini aniqlashning diagnostik matrisasi shaxsiy kompetenisyalarini rivojlantirishga pedagogik ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar hamda ijodiy faoliyat jarayonini optimallashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-23 raqamli “O‘qituvchilar uchun matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” nomli amaliy loyihasi doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 89-03-4891-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligini motivatsion, operatsional va refleksiv komponentlarini takomillashtirish imkoni oshirilgan.