Safarov Alisher Karimdjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yangi istiqbolli o‘simliklar introduksiyasining fiziologik va biokimyoviy asoslari», 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2017.1.DSc/V18.
Ilmiy maslahatchi: Tashmuxamedov Bekjan Aybekovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSs 02/30.12.2019.B.53.01.
Rasmiy opponentlar: Kushanov Faxriddin Ne’matullaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Sherimbetov Sanjar Gulmirzoevich, biologiya fanlari doktori, professor; O‘roqov Sirojiddin Xudayberdievich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: introduksiya sharoitida istiqbolli dorivor, oziq-ovqat va em-xashak o‘simliklarining o‘sish va rivojlanish sur’atlari, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash, ularni etishtirishning ekologik xavfsiz texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor amarant, afrika tarig‘i, krotalyariya, nug, xashaki no‘xat, qashqarbeda, shirin jo‘xori va Kolumb o‘tining turli tuproq-iqlim sharoitlarida ko‘niktirish imikoniyatlari aniqlangan;
o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi jadalligi hamda hosildorligi genotipning turli xil o‘stirish sharoitlarida namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
o‘simliklarning suv miqdori, transpiratsiya jadalligi, suv saqlash xususiyati va suv tanqisligiga ko‘ra guruhlari asoslangan;
o‘simliklarning biologik mahsuldorligi va suv rejimining harakatchanlik darajasi orasida o‘zaro ijobiy bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
introdusentlarning yuqori hosilli turlariga (amarant, Kolumb o‘ti, topinambur, soya, qand jo‘xori, krotalyariya) suv rejimining mo‘’tadil va labil tipi xosligi aniqlangan;
mineral o‘g‘itlar me’yorlariga bog‘liq ravishda fotosintezning sof mahsuldorligi va turlar hosildorligini oshishi aniqlangan;
o‘simliklarning yashil massasi va urug‘larining biokimyoviy tarkibi ochib berilgan va ularning muhim farqlari genotip hamda etishtirish sharoitlari bilan bog‘liqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikamizda yangi istiqbolli o‘simliklar introduksiyasining fiziologik va biokimyoviy asoslarini tahlil qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori sifatli mahsulot olishni ta’minlaydigan 10 tur o‘simliklarni etishtirishning adaptiv texnologiyalari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli, Chimboy va Kegeyli tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 sentyabrdagi 02/011-2025-son ma’lumotnomasi). Natijada, introdusent o‘simliklarning yashil massa va urug‘ hosildorligini oshirish imkonini bergan;
o‘simliklar Xorazm viloyatining Xiva tumanida va Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani fermer xo‘jaliklari va Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi “AGROBIOHOLDING” OAJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 02/027-3442-son ma’lumotnomasi). Natijada, chorvachilikni to‘yimli em-xashak, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun sifatli xomashyo etishtirish imkonini bergan;
respublika tuproq-iqlim sharoitiga ko‘ra yuqori sifatli mahsulotlar etishtirishga imkon yaratadigan turlarni joylashtirish yo‘llari №P3-2017092435 "Xorazm viloyati sharoitida dorivor o‘simliklarni o‘stirish va ular asosida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqish" mavzusidagi amaliy loyihasida viloyat tuproq-iqlim sharoitida introdusentlarni etishtirishda foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 264/1-21-son ma’lumotnomasi). Natijada, qashqarbeda, amarant, nug va krotalyariya o‘simliklarini dorishunoslikda, tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilashda va chorvachilikda foydalanish imkonini bergan.