Shirinov Muzaffar Kucharovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tabiatshunoslik fanini o‘qitish uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish” (boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tabiatshunoslik) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped517.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Raxmankulova Nargiz Xadjiakbarovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Voxid Baxromovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Djumaev Mamanazar Irgashevich, pedagogika fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat univeriteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda tabiatshunoslik fanini o‘qitish uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich ta’limning yosh va pedagogik-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mexanizmi sub’ektiv maqbullashtirish, individuallashtirish, izchillikka asoslangan holda tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi fanini o‘qitishning gorizontal va vertikal integratsiyani ta’minlashning ko‘p bosqichli algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tabiiy fanlarni o‘qitishga tayyorlashning metodik tizimi moslashuvchan va hayotiy ko‘nikmalarga asoslangan ta’lim shakllarini kompetensiyaviy yondashuv talablarini bevosita hisobga olish, imitatsion usul va mashqlarning adaptiv variantlarini ishlab chiqish jarayonlari bilan maqbul qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tabiatshunoslikka doir fanlarni o‘qitishning texnologik modelining amaliy komponenti talabalarda identiv o‘quv maqsadlarini aniqlashtirish, o‘quv faoliyati natijalarini loyihalash, jarayonni amalga oshirish bosqichlarining chiziqli va nochiziqli yo‘nalishlarini qat’iy belgilashga doir interfaol mashg‘ulotlar majmuini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy faoliyatiga tayyorlashda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish bilan bog‘liq ijodiy tavsifga ega o‘quv loyihalari, keys topshiriqlari, virtual ekskursiya, GROW (maqsad, reallik, imkoniyat, yo‘l), 5E model texnikalarini qo‘llash imkoniyatini beruvchi o‘quv-uslubiy ta’minot takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tabiatshunoslik fanini o‘qitish uzviyligi va uzluksizligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich ta’limning yosh va pedagogik-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash mexanizmini sub’ektiv maqbullashtirish, individuallashtirish, izchillikka asoslangan holda tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi fanini o‘qitishning gorizontal va vertikal integratsiyani ta’minlashning ko‘p bosqichli algoritmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi uchun “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-son bo‘yrug‘i, 274-001 raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tabiatshunoslik fanini o‘qitish mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tabiiy fanlarni o‘qitishga tayyorlashning metodik tizimi, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tabiatshunoslikka doir fanlarni o‘qitishning texnologik modelining amaliy komponentini talabalarda identiv o‘quv maqsadlarini aniqlashtirish, o‘quv faoliyati natijalarini loyihalash, jarayonni amalga oshirish bosqichlarining chiziqli va nochiziqli yo‘nalishlarini qat’iy belgilashga doir interfaol mashg‘ulotlar majmuini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi uchun “Umumiy pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son bo‘yrug‘i, 434-245 raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich ta’limda tabiatshunoslik fanlarini o‘qitishning axboriy-metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarini kasbiy faoliyatiga tayyorlashda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish bilan bog‘liq ijodiy tavsifga ega o‘quv loyihalari, keys topshiriqlari, virtual ekskursiya, GROW (maqsad, reallik, imkoniyat, yo‘l), 5E model texnikalarini qo‘llash imkoniyatini beruvchi o‘quv-uslubiy ta’minotni takomillashtirishga doir amaliy-taklif va tavsiyalardan 5111700 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi uchun “Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son bo‘yrug‘i, 434-242 raqamligi guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda tabiatshunoslik fanlarini o‘qitishning o‘quv-uslubiy ta’minoitini takomillashtirishga xizmat qilgan.