Tursunov Qahor Shonazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uzluksiz fizika ta’limida nazariy umumlashtirishlarning didaktikasi va metodikasi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped180.
Ilmiy maslahatchi: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qurbonov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor; Qutliev Uchqun Otaboevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi uzluksiz fizika ta’limida nazariy umumlashtirishlarga yo‘naltirilgan ta’limning ilmiy darajasini fan–texnika rivojlanishining hozirgi postnoklassik bosqichida amalga oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
uzluksiz fizika ta’limining konsentrik mazmuni va tuzilishi asosidagi fizik nazariyalar tarkibiga kiruvchi: hodisalar, jarayonlar, modda va maydon, umumilmiy tushunchalar, modellar, qonunlar hamda Olamning fizik manzarasi g‘oyalarini o‘z ichiga oluvchi Fazo va vaqt, maydon va materiya, harakatning nisbiyligi, jismlarning o‘zaro ta’siri, termodinamik va statistik metodlar, modellashtirish, saqlanish qonunlari, simmetriyalik prinsipi fundamental o‘zaro ta’sir qonunlari kabi metodologik tashkil etuvchilar belgilab berilgan;
uzluksiz fizika ta’limida mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika, kvant fizikasi elementlari kabi fundamental fizik nazariyalar asosida umumlashtirishlarni shakllantirishda Olamning fizik manzarasiga oid tasavvurlarni rivojlantirishning didaktik shartlari aniqlangan;
fundamental fizika nazariyalarning mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika, kvant fizikasi elementlari kabi tarkibiy ketma ketligidan foydalanib, dalillar→modellar→tushunchalar, qonunlar→amalda qo‘llanilishi→faoliyat usullari kabi o‘zaro bog‘lanishli tarkibiy mazmunli didaktik model ishlab chiqilgan; 
axborotlashgan jamiyat ta’lim muhiti negizida uzluksiz fizika ta’limi mazmunining uzviyligini ta’minlashda umumlashtirish va nazariy umumlashtirishlarning modellar, tushunchalar, qonunlar va tamoyillar kabi darajalari asosida tarkiblashtirilgan didaktik imkoniyatlar aniqlangan;
uzluksiz fizika ta’limining mavzulari va bo‘limlari, tanishish (dalillar)→modellashtirish (nazariy umumlashtirishlar)→egallash(amalda qo‘llanilishi)→uddalash(faoliyat usullari) kabi o‘zaro bog‘langan mantiqiy tizim asosida fundamental fizika nazariyalarni o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzluksiz ta’limda fizikadan nazariy umumlashtirishlarni ta’minlash borasidagi ishlar va ilmiy natijalar asosida:
axborotlashgan jamiyat ta’lim muhiti negizida uzluksiz fizika ta’limi mazmunining uzviyligini ta’minlashda umumlashtirish va nazariy umumlashtirishlarning darajalari (modellar, tushunchalar, qonunlar va tamoyillar) asosida tarkiblashtirilgan didaktik imkoniyatlar aniqlanganligiga doir xulosalari “Molekulyar fizika va termodinamika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, 522–030 raqamli guvohnoma). Natijada  maxsus kurs o‘quv dasturining joriy qilinishi bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy tayyorgarlik darajalarini oshishiga xizmat qilgan;
uzluksiz fizika ta’limining konsentrik mazmuni va tuzilishi asosidagi fizik nazariyalar tarkibiga kiruvchi: hodisalar, jarayonlar, modda va maydon, umumilmiy tushunchalar, modellar, qonunlar hamda Olamning fizik manzarasi g‘oyalarini o‘z ichiga oluvchi metodologik tashkil etuvchilar (Fazo va vaqt, maydon va materiya, harakatning nisbiyligi, jismlarning o‘zaro ta’siri, termodinamik va statistik metodlar, modellashtirish, saqlanish qonunlari, simmetriyalik prinsipi fundamental o‘zaro ta’sir qonunlari) belgilab berilgan xulosalari “Fizikadan laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i, 603–308 raqamli guvohnoma). Natijada «Fizika o‘qitish metodikasi» o‘quv fanini ilmiylik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
uzluksiz fizika ta’limida fundamental fizik nazariyalar (mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika, kvant fizikasi elemetlari) asosida umumlashtirishlarni shakllantirishda OFM ga oid tasavvurlarni rivojlantirishning didaktik shartlari «Geodezik astronomiya» darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 02 noyabrdagi 1023-son buyrug‘i, 1023–152 raqamli guvohnoma). Natijada o‘quvchi–talabalarning bilish qobiliyatini, kreativ kompetentliliklarini va fikrlash dinamikasining oshirishga xizmat qilgan;
uzluksiz fizika ta’limining mavzulari va bo‘limlari, tanishish (dalillar)→modellashtirish (nazariy umumlashtirishlar)→egallash(amalda qo‘llanilishi)→uddalash(faoliyat usullari) kabi o‘zaro bog‘langan mantiqiy tizim asosida fundamental fizika nazariyalarni o‘qitish metodikasini takomillashtirilishiga doir xulosalaridan BAMV–FZ–004 “Xal`kopirit yarim o‘tkazgichlarining asosiy issiqlik–fizikaviy, strukturaviy va konstruktiv parametrlarini optimallashtirishning fundamental qonuniyatlarini aniqlash va ularning matematik modellarini yaratish” nomli fundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish qo‘mitasining 2017 yil 15 martdagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi talabalarning intellektual salohiyatini oshirishga, aqliy va kreativ  faoliyatini faollashtirishga, yaxlit ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish