Qo‘ldoshev Rustambek Avezmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Boshlang‘ich sinf chapaqay o‘quvchilarini yozuvga o‘rgatishning metodik asoslari», 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1367.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Azimov Yunus Yusupovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Isroilova Ruxshona Sunnatovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf chapaqay o‘quvchilarini yozuvga o‘rgatishning metodik mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinflarda yozuvga o‘rgatishda chapaqaylikni o‘rganish mazmunining pedagogik trening, pinboard, pragmatizm, ergonomika usullari (pedagogik) hamda praksiologiya, perseptiv (psixologik) yo‘nalishlarini tasniflash va tajriba aloqadorligi empirik baholash orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinflarda yozuvga o‘rgatishda chapaqaylikni o‘rganishga doir hissiy-irodaviy, mazmunli-operatsion, motivatsion bosqichlari bilim, shaxsiy-ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik kabi kompetensiyaviy yondashuv mezonlari aniqlik, izchillik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, mantiqiylik, dolzarblilik tamoyillari asosida tizimlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yozuvga o‘rgatishda chapaqaylikni o‘rganish mazmuni amaliy va natijaviy tarkibi liderlik-kommunikabellik, verbal-noverbal, prezentativlik-eksklyuzivlik kabi ko‘p vektorli yondashuv bosqichlari emotsionallik, progressivlik, optimallik, effektivlik singari kollaborativ yondashuv asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yozuvga o‘rgatishda chapaqaylikni o‘rganishga yo‘naltirilgan qarashlar, usullar, taklif va tavsiyalar asosida o‘quvchilarning tayanch kompetensiyasini shakllantirish va ularning yozuvga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga qaratilgan didaktik, imitatsion, syujetli, kommunikativ, rolli texnologiyalarni integratsiyalash asosida samarador elektron ta’lim resursi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf chapaqay o‘quvchilarini yozuvga o‘rgatishning metodik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinflarda yozuvga o‘rgatishda chapaqaylikni o‘rganish mazmunining pedagogik trening, pinboard, pragmatizm, ergonomika (pedagogik) hamda praksiologiya, perseptiv (psixologik) yo‘nalishlarini tasniflash va tajriba aloqadorligi empirik baholashga oid taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim Davlat ta’lim standartlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 89-03-823-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf chapaqay o‘quvchilarini yozuvga o‘rgatish bo‘yicha metodik ta’minot takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf chapaqay o‘quvchilarini yozuvga o‘rgatish aniqlik, izchillik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, mantiqiylik tamoyillari asosida rivojlantirishga doir takliflaridan A1-XT-19701. “O‘quvchilarning o‘quv-biluv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vaziyatlarni loyihalash mexanizmlari” amaliy loyihasi mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 89-03-823-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf chapaqay o‘quvchilarini yozuvga o‘rgatishning maxsus va shaxsiy-individual xususiyatlarini aniqlashtirish hamda uzluksizlik va uzviylik tamoyillari asosida yozuvga o‘rgatishning integrativ modeli milliy, intellektual imkoniyatlariga doir takliflar hamda kvalitologik parametrlar o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan;
o‘quvchilarda yozuv malakasini rivojlantirish texnologiyasining maqsadga yo‘naltirilgan va tashkiliy-korreksion komponentlarini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar A-5-37 “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 89-03-823-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf chapaqay o‘quvchilarini yozuvga o‘rgatishga yo‘naltirilgan samarali o‘qitishning metod va texnologiyalariga oid taklif va tavsiyalar umumta’lim maktablarida “Alifbe”, “Yozuv” fanlarini o‘qitish jarayoniga joriy qilingan;
boshlang‘ich sinf chapaqay o‘quvchilarini yozishga o‘rgatishning imkoniyatlari, tayanch kompetensiya elementlari (ijtimoiy faollik, qadriyatlilik, ochiqlik, o‘ziga xoslik, uzviylik) tarkibini belgilashga oid takliflardan boshlang‘ich sinf chapaqay o‘quvchilarini yozuvga o‘rgatishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “F1-XT-1-31247. O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib, hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” (2016-2019 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2021 yil 10 fevraldagi 89-03-823-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich ta’limda o‘quv dasturlarini takomillashtirish, ta’lim mazmuni va o‘qitish texnologiyalarini tanlash samaradorligini oshirishga erishilgan.