Kazakova Marhabo Kudratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aziziddin Nasafiyning ilmiy-metodologik qarashlaridan didaktik jarayonda foydalanish”, 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped896.
Ilmiy rahbar: Shodiev rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullaeva Shahlo Uktamovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Aziziddin Nasafiyning komil inson haqidagi g‘oyalaridan didaktik jarayonda samarali foydalanish imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Aziziddin Nasafiyning “Zubdatul haqoyiq”, “Komil inson” asarlarining ma’rifat, iymon, insof kabi xususiyatlari ta’lim-tarbiya hamda shaxs taraqqiyoti yo‘nalishining falsafiy, psixologik va pedagogik aspektlarini nazariy-amaliy jihatdan ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
ma’naviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishning refleksiv, kognitiv, qadriyatli bosqichlari pand-nasihat, hikmatlar, hikoyatlar, rivoyatlar kabi ilmiy qarashlar tizimi mazmunidan foydalanish hamda yuksak irodaviy shaxsni tarbiyalashda interaktiv, kreativ kabi mahsuldor ta’lim bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
Aziziddin Nasafiy asarlarining ma’naviy-axloqiy, aqliy, huquqiy va fuqarolik tarbiyasidagi imkoniyatlaridan ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti, shaxs faolligi tushunchalaridan shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik imkoniyatlari pedagog-talaba, talaba-talaba, talaba-jamoa munosabatlarini ijtimoiylashuv nuqtai nazaridan optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
komil inson tarbiyasiga doir inson erkinligi, mustaqilligi, qat’iyatliligi, ilmga intilish kabi sifatlarga doir nazariy ma’lumotlarni talabalarda propedev kurslar davomida shakllantirish jarayoni differensial va integrativ ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aziziddin Nasafiyning ma’naviy axloqiy tarbiyaga oid qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy natijalari:
Aziziddin Nasafiyning “Zubdatul haqoyiq”, “Komil inson” asarlarini pedagogik mohiyatining o‘ziga xos xususiyatlari (ma’rifat, iymon, insof) ta’lim, tarbiya hamda shaxs taraqqiyoti yo‘nalishi bo‘yicha tasniflanib, didaktik jarayonda foydalanishning nazariy va amaliy aspektlarini ta’minlashga doir takliflardan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 avgustdagi 183/1-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning o‘tmish allomalar, ma’naviy meros ob’ektlariga nisbatan faxr tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilgan;
ma’naviy tarbiyani rivojlantirish bosqichlari “Komil inson” va “Zubdatul haqoyiq” asarlarining ilmiy qarashlar tizimi (pand-nasihat, hikmatlar, hikoyatlar, rivoyatlar) mazmunidan foydalanish hamda yuksak irodaviy shaxsni tarbiyalashda produktiv (mahsuldor) ta’lim bilan qayta aloqasini integratsiyalashga doir taklif va tavsiyalardan FA-F1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 2 avgustdagi 183/1-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda Aziziddin Nasafiy merosini tizimli yondoshuv asosida o‘zlashtirish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan;
pedagogik jarayonda Aziziddin Nasafiyning ma’naviy merosidan foydalanishdagi eng murakkab bo‘limlar hisoblangan komil inson tarbiyasiga doir nazariy ma’lumotlarni talabalar ongiga singdirishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan amalda foydalanish orqali o‘qitish samaradorligini oshirish tizimini takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalar “Nasafiy allomalarining pedagogik qarashlari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, № 237-t-010). Natijada talaba amaliy faoliyatida ma’naviy-axloqiy tarbiya berish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan.