Xoliyorov Bunyod Husanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yo‘nalishlarda ingliz tilini o‘qitishda leksik kompetensiyani rivojlantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped127.  
Ilmiy rahbar: Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12. 2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dil`darxan Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yo‘nalishlarda ingliz tilini o‘qitishda leksik kompetensiyani rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi talabalarining ingliz tilidagi leksik kompetensiyasini rivojlantirish usullari axborot uzatish, hamkorlikda ishlash, bir-birini tuzatish, o‘zaro birgalikda idrok etish singari  kommunikativ yondashuv hamda agrar sohalar uchun taklif etilgan gazetalar, fil`mlar, elektron pochta xabarnomalari, risolalar, yozib olingan e’lonlar kabi autentik materiallar asosida takomillashtirilgan; 
qishloq xo‘jaligi sohasiga oid terminlarni o‘qitish texnologiyasi tasniflash, tizimlashtirish, taksonomiya, aniqlash, intensivlik, assimilyasiya va natijaviy metodologik yondashuvga ko‘ra aniqlanib, ingliz tili o‘qitish faoliyatining “til tavsiflari”, “ta’lim nazariyasi”, “ehtiyoj tahlillari” kabi yangi bosqichlar asosida ishlab chiqilgan;  
integrativ til sathlari (eshitish, yozish, o‘qish, gapirish)ni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy, kasbiy va akademik ko‘nikmalar qishloq xo‘jaligi sohasiga oid terminlarni reproduktiv (ko‘rgazmali tushuntirish, tinglash, xotirada saqlash, xatosiz talaffuz qilish) o‘rgatish, aqliy hujum, muhokama, o‘qitish, guruh ishi, tinglashga yo‘naltirish va savollar tuzish singari faol hamda ijodiy ish, muammoli ta’lim, modellashtirish, blis-so‘rov, o‘quv kurslari kabi interfaol uslublarni samarali qo‘llagan holda takomillashtirilgan; 
mustaqil ta’lim jarayonida ingliz tilini o‘qitishda OOOK (Ommaviy Ochiq Onlayn Kurs)lardan foydalanish orqali “Ijtimoiylashuv va tarmoqlashuv”, “Ixtisoslikka kirish”, “Umumiy xavfsizlik qoidalari”, “Agrosanoat sohasidagi aloqalar”, “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish” kabi 5 ta moduldan iborat qishloq xo‘jaligi leksikasi asosida ixtisoslashgan, kasbga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligiga  ixtisoslashgan yo‘nalishlarda ingliz tilini o‘qitishda leksik kompetensiyani rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar:
kommunikativ yondashuv asosida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida talabalarning ingliz tilidagi leksik kompetensiyasini rivojlantirishning autentik materiallardan foydalanish shartlari aniqlangan xulosa va takliflardan “EnSPIRE-U”, ya’ni Maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tilini o‘qitish tizimini isloh etish loyihasi asosida (2017-2019) mutaxassisliklarga mos ingliz tilini o‘qitishning “Agrar sohaga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarida ingliz tili fanidan o‘quv dasturi” namunalarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 oktyabrdagi 89-03-3996-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilini o‘qitishning namunaviy dasturi hamda yangi avlod adabiyotlarini yaratishga xizmat qilgan;
metodologik yondashuvga ko‘ra aniqlashtirilgan qishloq xo‘jaligi sohasiga oid terminlarni o‘qitish texnologiyasi bosqichlari: aniqlash, tasniflash, tizimlashtirish, taksonomiya, intensivlik, assimilyasiya, natijaviylikka oid xulosa va takliflardan 2017-2020 yillarda bajarilgan “ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projects”, “Erasmus+ CBHE dasturining 598587-EPP-1-2018-EL-EPPKA2-CBHE-JP-ENV2 “ITEM”, Erasmus+CBHE dasturining “609564-EPP-1-2019-1-ELEPPKA2-CBHE-JP” (MechaUz) xalqaro loyihalari ijtimoiy fanlar sektorining pedagogika bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 89-03-4400-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi sohasiga oid terminlarni o‘qitish, muloqot qilish, fikrini mantiqan ifodalay olish va kasbiy bilimini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarning leksik  kompetensiyasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasiga oid terminlarni reproduktiv, ko‘rgazmali tushuntirish, tinglash, xotirada saqlash, xatosiz talaffuz qilishni o‘qitishga qaratilgan “English for cadastre” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son nashr guvohnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishi talabalarining leksik kompetensiyasini rivojlantirish, ingliz tilida o‘qish, tinglab tushunish, yozuv va nutq ko‘nikmalarini yanada takomillashtirish va kasbiy bilimini oshirishga xizmat qilgan; 
mustaqil ta’lim jarayonida ingliz tilini o‘qitishda OOOK (Ommaviy Ochiq Onlayn Kurs)lardan foydalanish orqali 5 ta modulli qishloq xo‘jaligi leksikasi bo‘yicha takomillashtirilgan ingliz tilini o‘qitish metodikasiga oid taklif va xulosalardan 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan Jahon bankining Akademik Innovatsiyalar Fondi grant doirasida bajarilayotgan “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida  masofaviy  ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishining masofaviy ta’limning didaktik ta’minoti bo‘limida ham keng qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 89-03-4400-son ma’lumotnomasi). Natijada, masofaviy ta’lim jarayonida ochiq onlayn ma’ruzalardan foydalanish ko‘lami kengaygan, elektron resurslardan erkin foydalana olish va ma’lumotlarni tahlil etish samaradorligini oshirilishiga imkon yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish