Salimova Sarvinoz Farxodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari shakllanganlik darajasini baholashning metodik tizimini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1990.
Tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Sharipova Dilorom Jumaniyozovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak biologiya o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyalari shakllanganlik darajasini baholashning metodik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari shakllanganligini baholashning avtomatlashtirilgan kvalimetrik mezonlari diagnostik parametr va ko‘rsatkichlarning elektron ta’lim muhiti bilan intensiv aloqadorligini ta’minlash, innovatsion faoliyatga qo‘yiladigan autokognitiv talablarning qayta aloqaga kirishish darajasi barqarorligini ta’minlash orqali aniqlangan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari shakllanganlik darajasini avtomatlashtirilgan baholash texnologiyasi diagnostikalash kompleksi, dasturiy-texnologik, nazorat-refleksiv kabi kasbiy kompetensiya klasterlari va nazorat savollari, interaktiv, amaliy, keys, test, kompetentli yo‘naltirilgan topshiriqlar ko‘rinishidagi baholash vositalari fondining intensiv ta’sirchanligi barqarorligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyalarini shakllanganlik darajasini baholashning avtomatlashtirilgan modeli an’anaviy monitoring o‘tkazish jarayonlaridan farqli ravishda kompetensiyalarning rivojlanish dinamikasini tavsiflovchi modifikatsiyalashgan yig‘ma baholash portfoliosi hamda lokal nazorat aktlar komplektini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy-metodik tayyorgarlikni rivojlantirish jarayonida bo‘lajak biologiya o‘qituvchisini kasbiy kompetensiyasini baholashning individuallashtirilgan, tabaqalashtirilgan va universal metodik shartlarini yaxlit tizim sifatida avtomatlashtirish, biologiya o‘qitish metodikasi fanini variativ o‘qitish orqali ixtisoslashtirilgan ta’lim ehtiyojlarini qondirish, tabiiy fanlarni o‘qitishda dual ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini shakllanganlik darajasini baholashning metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari shakllanganligini baholashning avtomatlashtirilgan kvalimetrik mezonlari diagnostik parametr va ko‘rsatkichlarning elektron ta’lim muhiti bilan intensiv aloqadorligini ta’minlash, innovatsion faoliyatga qo‘yiladigan autokognitiv talablarning qayta aloqaga kirishish darajasi barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5140100 – Biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 30 yanvardagi 89-03-556-son ma’lumotnomasi). Natijada, kredit-modul` tizimi sharoitida bo‘ladak biologiya o‘qituvchilarining umumkasbiy va kasbiy kompetensiyalar tizimini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari shakllanganlik darajasini avtomatlashtirilgan baholash texnologiyasi diagnostikalash kompleksi, dasturiy-texnologik, nazorat-refleksiv kabi kasbiy kompetensiya klasterlari va nazorat savollari, interaktiv, amaliy, keys, test, kompetentli yo‘naltirilgan topshiriqlar ko‘rinishidagi baholash vositalari fondining intensiv ta’sirchanligi barqarorligi hamda bo‘lajak biologiya o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyalarini shakllanganlik darajasini baholashning avtomatlashtirilgan modeli an’anaviy monitoring o‘tkazish jarayonlaridan farqli ravishda kompetensiyalarning rivojlanish dinamikasini tavsiflovchi modifikatsiyalashgan yig‘ma baholash portfoliosi hamda lokal nazorat aktlar komplektini ishlab chiqish asosida takomillashtirilga doir amaliy tavsiyalardan 5140100 – Biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun “Biologiya o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsuc ta’lim  vazirligining 2021 yil 30 yanvardagi 89-03-556-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlik darajasini mustaqil baholash va korreksiyalash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
kasbiy-metodik tayyorgarlikni rivojlantirish va oliy ta’lim bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyasini xalqaro baholash standartlariga muvofiq moslashtirish, media ta’lim sharoitida talabalarda moslashuvchan ko‘nikmalarni shakllantirishning interaktiv dasturiy vositalarini takomillashtirish, ijtimoiy mobillikni tashxis etishning evristik-texnologik asoslarini kengaytirishga doir taklif va tavsiyalardan ITD-1.YoA-1-6 “Akademik lisey o‘quvchilari “Botanika” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash” (2016-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligining 2021 yil 30 yanvardagi 89-03-556-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining dual ta’lim tizimi sharoitida kasbiy kompetensiyalarini baholash samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish