Pulatova Durdona Ravshanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarini kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1621.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ahmedova Laylo Tolibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumanazarov Umid Umirzakovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intensiv ta’lim texnologiyalari asosida oliy ta’lim muassasalarining nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarida kommunikativ kompetensiyalarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning tashkiliy, motivatsion va pedagogik imkoniyatlari korpus turlari bo‘yicha shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va talabalarning kreativ qobiliyatlarini (tanqidiy fikrlashlarini rivojlantirish va ularning ijodiy nutq faoliyatini oshirish)ni ta’limiy ehtiyoj, integrativ yondashuv, ta’limda amaliy qo‘llash kabi kasbiy tayyorgarlik omillarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
kommunikativ kompetensiyani takomillashtirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan kompetentli, kommunikativ, differensiyalashgan didaktik ta’lim jarayoni faolligi darajasini baholashning motivatsion, kognitiv va kasbiy mezonlarini rivojlantirish, korpus turlari bo‘yicha ilg‘or ta’lim texnologiyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri va asinxron holatlarini yaratish asosida  takomillashtirilgan; 
didaktik materiallarni modellashtirish, variantlash, ularning komponentlari hamda kompetensiyalarga daxldor ichki turlarini aniqlash orqali talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning intellektual va emotsional  aspektlarini optimallashtirish imkoniyatlari kompetentli yondashuv va shaxsga yo‘naltirilgan korpus turlari (Michigan Corpus of Academic Spoken English (MICASE) va Longman Written American Corpus (LWAC))ni o‘zaro integrativ uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarning kasbiy tayyorgarlikka moslashishining pedagogik parametrlari mazmunini tashkil etuvchi shaxsiy, kommunikativ kompetensiyalar  motivatsion-qadriyatli, kognitiv va ijtimoiylik kabi aniqlik ko‘rsatkichlari hamda yuqori, o‘rta, qoniqarli, qoniqarsiz darajalarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida tinglab tushunish, dialog, monolog, o‘qish, yozish ko‘nikmalarini baholash mezonlari takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida oliy o‘quv muassasalari talabalarining kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning .tashkiliy, motivatsion va pedagogik imkoniyatlari korpus turlari bo‘yicha shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va talabalarning kreativ qobiliyatlarini (tanqidiy fikrlashlarini rivojlantirish va ularning ijodiy nutq faoliyatini oshirish)ni ta’limiy ehtiyoj, integrativ yondashuv, ta’limda amaliy qo‘llash kabi kasbiy tayyorgarlik omillarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-219 raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim ta’lim muassasalarida Umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1  darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5155-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar kompetensiyaschini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari oshirilgan;
kommunikativ kompetensiyani takomillashtirish modeli shaxsga yo‘naltirilgan kompetentli, kommunikativ, differensiyalashgan didaktik ta’lim jarayonini il faolligi darajasini baholashning motivatsion, kognitiv va kasbiy mezonlarini rivojlantirish asosida korpus turlari bo‘yicha ilg‘or ta’lim texnologiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va asinxron holatlarni yaratish asosida  takomillashtirishga oid taklfilar A.1-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan (O‘UM) foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” nomli amaliy loyixa doirasida belgilangan vaziflar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5155-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning intensiv ta’lim texnologiyalari asosida kommunikativ kompetensiyalar (lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik)ni samaradorligi oshirilgan;
didaktik materiallarni modellashtirish, variantlash, ularning komponentlari hamda kompetensiyalarga daxldor ichki turlarini aniqlash orqali talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning ntellektual va emotsional  aspektlarini optimallashtirish imkoniyatlari kompetentli yondashuv va shaxsga yo‘naltirilgan korpus turlari (Michigan Corpus of Academic Spoken English (MICASE) va Longman Written American Corpus (LWAC))ni o‘zaro integrativ uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-197 raqamli “Ingliz va nemis tillarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv-uslubiy modullardan (O‘UM) foydalanish va ularni takomillashtirishning nazariy va amaliy asoslari” nomli amaliy loyihaga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5155-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning intensiv ta’lim texnologiyalari asosida kommunikativ kompetensiyalar (lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik)ni samaradorligi oshirilgan;
talabalarning kasbiy tayyorgarlikka moslashishining pedagogik parametrlari mazmunini tashkil etuvchi shaxsiy, kommunikativ kompetensiyalar  motivatsion-qadriyatli, kognitiv va ijtimoiylik kabi aniqlik ko‘rsatkichlari hamda yuqori, o‘rta, qoniqarli, qoniqarsiz darajalarni o‘zaro muvofivlashtirish asosida tinglab tushunish, dialog, monolog, o‘qish, yozish ko‘nikmalarini baholash mezonlarini takomillashtirishga oid takliflar A-1-219 raqamli “Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim ta’lim muassasalarida Umumevropa kompetensiyalari (CEFR) bo‘yicha S1  darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 dekabrdagi 89-03-5155 son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning kommunikativ tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari korpusga asoslangan pedagogik bosqichlarni korpus lingvistikasi xususiyatlarini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish