Mamatqulova Zarifaxon Muhammadsolievnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish jarayonlarida o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped109.
Ilmiy rahbar: Mahkamov Ulfat Ilxomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish jarayonida innovatsiyalar, ilg‘or ta’lim texnologiyalari, axborot yangiliklari imkoniyatlarini ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik parametrlarini aniqlashtirish asosida o‘qituvchi faoliyatini rivojlantirishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish muloqot, kasbiy mahorat, ta’limni boshqarish, ijodiy yondashuv, mutolaa kabi pedagogik tafakkur funksiyalarini shaxsga yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
zamonaviy, innovatsiyalar, pedagogik, didaktik, metodik yondashuvlar asosida malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini uzluksizlik va uzviylikning «Nutq va tafakkur» «Bumerang», «Rezyume», «Kasbiy-pedagogik», «Muloqot», «Bahslashuv», «Muammoli ta’lim», pedagogik ijodkorlik, pedagogik mahorat, innovatsion ta’lim, ustoz-shogird kabi konseptual yo‘nalishlar o‘z-o‘zini baholash va muntazam tuzatishlar kiritib borishga moslashtirilgan pedagogik algoritmni ishlab chiqish orqali rivojlantirilgan;
malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish, uning imkoniyatlarini va natijalarini takomillashtirish tayyorgarlik tizimi kasbiy va shaxsiy sifatlarning pedagogik jihatdan shakllanish va rivojlanish imkoniyatlari mustaqil ta’lim, sog‘lom va barqaror muhit yaratish, pedagogik adabiyotlar o‘qish, maqsadli ta’lim tadbirlarini o‘tkazish, ochiq va mahorat darslarini tashkil etish, treninglar, videodarslarni tayyorlash, mul`timedia mahsulotlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining malaka oshirishdan keyingi faoliyati o‘quv jarayoni sub’ektlarining akmeologik, o‘zgaruvchanlik samaradorligini oshirishning amaliy-texnologik tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
malaka oshirish jarayonida innovatsiyalar, ilg‘or ta’lim texnologiyalari, axborot yangiliklari imkoniyatlarini ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik parametrlarini aniqlashtirish asosida o‘qituvchi faoliyatini rivojlantirishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish muloqot, kasbiy mahorat, ta’limni boshqarish, ijodiy yondashuv, mutolaa kabi pedagogik tafakkur funksiyalarini shaxsga yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan DTS ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 18 noyabrdagi 01-02/4-1220-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish, ta’lim-tarbiya mazmuni va pedagogik tafakkur texnologiyalarini tanlash samaradorligini oshirishga erishilgan;
zamonaviy, innovatsiyalar, pedagogik, didaktik, metodik yondashuvlar asosida malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini uzluksizlik va uzviylikning «Nutq va tafakkur» «Bumerang», «Rezyume», «Kasbiy-pedagogik», «Muloqat», «Bahslashuv», «Muammoli ta’lim», pedagogik ijodkorlik, pedagogik mahorat, innovatsion ta’lim, ustoz-shogird kabi konseptual yo‘nalishlar o‘z-o‘zini baholash va muntazam tuzatishlar kiritib borishga moslashtirilgan pedagogik algoritmni ishlab chiqish orqali rivojlantirishga oid takliflar 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3706-son ma’lumotnomasi) Natijada, o‘qituvchining kasbiy maxorati, mustaqil ta’lim egallashi, bilim olishi, mantiqiy fikrlash darajasi oshgan;
malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish, uning imkoniyatlarini va natijalarini takomillashtirish tayyorgarlik tizimining kasbiy va shaxsiy sifatlarning pedagogik jihatdan shakllanish va rivojlanish imkoniyatlari mustaqil ta’lim, sog‘lom va barqaror muhit yaratish, pedagogik adabiyotlar o‘qish, maqsadli ta’lim tadbirlarini o‘tkazish, ochiq va mahorat darslarini tashkil etish, treninglar, videodarslarni tayyorlash, mul`timedia mahsulotlari 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. 2020 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3706-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik tafakkurni rivojlantirish sifatini oshirish hamda ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash imkonini bergan;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining malaka oshirishdan keyingi faoliyati o‘quv jarayoni sub’ektlarining akmeologik, o‘zgaruvchanlik samaradorligini oshirishning amaliy-texnologik tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3706-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish jarayonlarida o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurini rivojlantirish mazmuni va metodikalarini takomillashtirish imkoniyatini yaratgan.