Maxmudov Firuz Baxtiyor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat fuqarolik xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari», 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu467.
Ilmiy rahbar: Xayitov Xushvaqt Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02. 
Rasmiy opponentlar: Yakubov Shuxrat Ummatalievich, yuridik fanlar doktori; Xusainov Ulug‘bek Shuxratjonovich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi davlat fuqarolik xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini odini olishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish hamda bu borada tegishli taklif va tavciyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida kelib chiqadigan manfaatlar to‘qnashuvi haqida o‘z vaqtida, qonunchilikda belgilangan tartibda xabar bermaslikka nisbatan ma’muriy javobgarlikni belgilash taklifi asoslangan;
davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish, sotish, shuningdek xorijdagi davlat mulki ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq e’lon qilish, davlat mulkiga tegishli ma’lumotlarni ochiq va shaffofligini buzish, bu boradagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda qayd etish talablarini bo‘zishga nisbatan ma’muriy javobgarlikni belgilash lozimligi asoslab berilgan;
davlat byudjeti mablag‘larining sarflanishi, o‘zlashtirilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish, bu borada Senat vakolatlarini oshirish ehtiyoji asoslangan;
normativ-huquqiy hujjatlar matnida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan holatlarning mavjud bo‘lishi mumkinligidan kelib chiqib, normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda manfaatlar to‘qnashuvini korrupsiyaviy omil sifatida belgilash zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Davlat fuqarolik xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida kelib chiqadigan manfaatlar to‘qnashuvi haqida o‘z vaqtida, qonunchilikda belgilangan tartibda xabar bermaslikka nisbatan ma’muriy javobgarlikni belgilash haqidagi taklif 2021 yil 14 yanvarda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ–666-sonli Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1758-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublakasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2021 yil 8 maydagi 3-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi davlat xaridlari sohasida o‘zaro tanish-bilishchilikni, shaxsiy manfaatdorlikni oldini olishga, shuningdek tender savdolarining raqobat asosida o‘tishini ta’minlashga xizmat qilgan;
davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish, sotish, shuningdek xorijdagi davlat mulki ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq e’lon qilish, davlat mulkiga tegishli ma’lumotlarni ochiq va shaffofligini buzish, bu boradagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda qayd etish talablarini bo‘zishga nisbatan ma’muriy javobgarlikni belgilash haqidagi taklif 2021 yil 14 yanvarda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ–666-sonli Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2156-moddasida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublakasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2021 yil 8 maydagi 3-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif davlat mulki haqidagi ma’lumot va hisobotlarni qat’iy yuritish, davlat mulkini sotish va xususiylashtirish jarayonidagi ochiqlikni ta’minlashga xizmat qilgan;
davlat byudjeti mablag‘larining sarflanishi, o‘zlashtirilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish, bu borada Senat vakolatlarini oshirish yuzasidan bildirilgan taklif 2021 yil 14 yanvarda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ–666-sonli Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida»gi 523–II-sonli Qonunining 3210-moddasida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublakasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2021 yil 8 maydagi 3-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif davlat byudjetining maqsadsiz sarflanishini, noqonuniy o‘zlashtirilishini oldini olishga, mazkur jarayon ustidan parlament nazoratining kuchaytirilishiga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjatlar matnida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan holatlarning mavjud bo‘lishi mumkinligidan kelib chiqib, normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda manfaatlar to‘qnashuvini korrupsiyaviy omil sifatida belgilash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021 yil 24 fevraldagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom [Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 24 fevralda 3287-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]ning 9-bandi va Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash metodikasida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublakasi Adliya vazirligi Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasining 2021 yil 7 maydagi 24/32-71-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlarning mavjud bo‘lishi va kelajakda kelib chiqishining oldini olishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish