Qosimov Botirjon Ma’rufjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlarida sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash masalalari: qiyosiy-huquqiy tahlil», 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu417.
Ilmiy rahbar: Musaev Bekzod Tursunbaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Nematov Jo‘rabek Nematilloevich, yuridik fanlar doktori (DS), dotsent; Umirov Fitrat Faxriddinovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Osaka (Yaponiya).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlarida sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini qiyosiy-huquqiy tahlil etish asnosida O‘zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalar va qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Konstitutsiyaviy sudning sud`yasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi unga o‘ta og‘ir jinoyat yoxud odamning o‘limiga sabab bo‘lgan boshqa qasddan jinoyat sodir etganlik aybi qo‘yilgan hollardagina qo‘llash zarurligi, shuningdek mazkur qoida Konstitutsiyaviy sudning Konstitutsiyaviy sud sud`yasi sifatida ishlagan davrida shunday jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan sobiq sud`yasiga nisbatan ham qo‘llanilishi zarurligi asoslangan;
vakolatlari muddati tugagan Konstitutsiyaviy sud sud`yasining yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoxud boshqa ish taqdim etish to‘g‘risidagi masala hal bo‘layotgan davrda, biroq uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinishi zarurligi asoslangan;
ayni bir shaxs Konstitutsiyaviy sud raisi yoki uning o‘rinbosari etib ikki muddatdan ortiq saylanishi maqsadga muvofiq emasligi asoslangan;
Konstitutsiyaviy sud raisi va uning o‘rinbosari yozma ariza bergan taqdirda, Konstitutsiyaviy sud tomonidan egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlarida sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash masalalari: qiyosiy-huquqiy tahlil bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Konstitutsiyaviy sudning sud`yasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi unga o‘ta og‘ir jinoyat yoxud odamning o‘limiga sabab bo‘lgan boshqa qasddan jinoyat sodir etganlik aybi qo‘yilgan hollardagina qo‘llash zarurligi, mazkur qoida Konstitutsiyaviy sudning Konstitutsiyaviy sud sud`yasi sifatida ishlagan davrida shunday jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan sobiq sud`yasiga nisbatan ham qo‘llanilishi maqsadga muvofiqligiga doir taklif “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 14-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 26 mayda 06/1-05/2798-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 17 mayda 15-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif Konstitutsiyaviy sudning amaldagi va sobiq sud`yalarining daxlsizligi hamda bu orqali ularning mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilgan;
vakolatlari muddati tugagan Konstitutsiyaviy sud sud`yasining yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoxud boshqa ish taqdim etish to‘g‘risidagi masala hal bo‘layotgan davrda, biroq uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinishi zarurligiga doir taklif “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 17-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 26 mayda 06/1-05/2798-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 17 mayda 15-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif Konstitutsiyaviy sud sud`yalarining moddiy-ijtimoiy ta’minoti himoyasini kuchaytirish hamda bu orqali ularning mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilgan;
ayni bir shaxs Konstitutsiyaviy sud raisi yoki uning o‘rinbosari etib ikki muddatdan ortiq saylanishi maqsadga muvofiq emasligiga doir taklif “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 26 mayda 06/1-05/2798-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 17 mayda 15-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif Konstitutsiyaviy sud sud`yalarining ichki mustaqilligini ta’minlash bilan bog‘liq konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
Konstitutsiyaviy sud raisi va uning o‘rinbosari yozma ariza bergan taqdirda, Konstitutsiyaviy sud tomonidan egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi maqsadga muvofiqligiga doir taklif “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 18-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 26 mayda 06/1-05/2798-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 17 mayda 15-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif Konstitutsiyaviy sud raisi va uning o‘rinbosarininng tashqi mustaqilligiga doir konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarni takomillashtirishga xizmat qilgan.