Shermatova Umida Sapaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda tarixiy, adabiy-badiiy manbalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari (Cho‘lpon ijodi misolida)”, 13.00.01. – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2PhD/Ped.933.
Tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Mardonov Shukurullo Qo‘ldoshevich,pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Xasanovna,pedagogika fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablari o‘quvchilarida Cho‘lpon ijodi va u bilan bog‘liq tarixiy, adabiy-badiiy manbalar asosida vatanparvarlik tuyg‘usini kamol toptirishning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxs ma’naviy kamoloti bilan bog‘liq adabiy ta’lim-tarbiya integratsiyasining pedagogik shart-sharoitlari va imkoniyatlari Cho‘lpon ijodiga oid tarixiy, adabiy-badiiy manbalarning o‘zaro aloqadorligi va modifikatsion (konferensiya darslari, binar ma’ruza, adabiy chelenjlar, mushoira darslari) ta’lim shakllari vositasida aniqlashtirilgan;
ilmiylik, izchillik, uzviylik, mantiqiylik kabi ta’lim va vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, xalqparvarlik kabi tarbiya tamoyillariga asoslangan adabiy ta’lim va tarbiya integratsiyasi orqali o‘quvchilarning tarixiy, adabiy-badiiy manbalarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish mexanizmlarining pedagogik asoslari takomillashtirilgan;
o‘rta maktablarning adabiy ta’lim tizimida vatanparvarlik tarbiyasi mezonlari (Vatan ravnaqi yo‘lida kamarbastalik, uning shonli o‘tmishiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, istiqboliga ishonch, fidoyilik) adabiy asar tahlilida fikrlar plyuralizmiga asoslangan zamonaviy metodlarni (binar, seminar, laboratorik tahlil) qo‘llash va vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish jarayonini rivojlantirish orqali tizimlashtirilgan;
adabiy ta’lim jarayonida vatanparvarlik tarbiyasi vositasida o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishning didaktik ta’minoti Cho‘lpon ijodiga oid tarixiy, adabiy-badiiy manbalarga kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda tarixiy, adabiy-badiiy manbalardan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari va imkoniyatlarini aniqlashtirishga oid shaxs ma’naviy kamoloti bilan bog‘liq takliflardan A-1-197 raqamli “Navoiy adabiy-pedagogik qarashlarining o‘rni va ahamiyatini tadqiq etish” (2015-2017) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 89-03-2089-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha adabiy ta’lim jarayonida tarixiy, adabiy-badiiy manbalar asosida o‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish mazmunini takomillashtiriishga xizmat qilgan; 
Cho‘lpon ijodida Vatan timsolining adabiy, ilmiy-metodik tadqiqi misolida o‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslariga oid taklif va tavsiyalardan ma’naviy-axloqiy tarbiya integratsiyasining pedagogik mexanizmlarini amaliyotga tadbiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 20 apreldagi 01/11- 01/01-468-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy uyg‘onish davriga doir adabiy ta’lim mazmuni va o‘qitish texnologiyalari samaradorligini oshirishga erishilgan; 
o‘rta maktablarda adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning vatanparvarlik tarbiyasi mezonlarini belgilash va zamonaviy metodlarni qo‘llashga oid tadqiqot natijalari “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tarixiy, adabiy-badiiy manbalar vositasida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2021 yil 20 apreldagi 01/11-01/01-468-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktablari o‘quvchilarida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish mezonlarini tizimlashtirish orqali ta’lim samaradorligini oshirish texnologiyasi takomillashtirilgan;
adabiy ta’lim va ma’naviy-axloqiy tarbiya integratsiyasidao‘quvchilarning vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishni Cho‘lpon ijodiasosida rivojlantirishning didaktik ta’minotidan XT-F-2-004 raqamli“O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” (2008-2010) mavzusidagiyosh olimlarning fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rtamaxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 iyundagi 89-03-2089-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha asosida o‘zbek xalqpedagogikasida vatanparvarlik tarbiyasiga doir fol`klor an’analarini adabiy ta’lim jarayoniga tatbiq etishning ilmiy-pedagogik mexanizmlari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish