Choriev Ilxom Ruzibayovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sharoitida malaka oshirish jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped330.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar:Mamadazimov Mamadmusa, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdunazar Tajiboevich,pedagogika fanlari doktori, dotsent; Sharipova Dilara Djumaniyazovna,pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot-kommunikasiya texnologiyalari sharoitida malaka oshirish jarayonlarini pedagogik loyihalashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot ta’lim muhitida malaka oshirish jarayonlarini loyihalashtirishda o‘quv-bilish faoliyatini samarali tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (motivatsion yo‘nalishlari, omillari) va tashkiliy hamda didaktik komponentlari (motivatsion, kognitiv, kommunikativ, individual-psixologik) andragogik ta’lim mexanizm-larining intellektual va motivatsion pedagogik imkoniyatlarini hisobga olish asosida ochib berilgan; 
malaka oshirish jarayonlarida pedagog kadrlarning loyihaviy faoliyatga tayyorgarligini baholash mezonlari (bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya) kasbiy o‘z-o‘zini anglashning kreativlik bilan aloqadorligini taym-menejmentining pedagogik imkoniyatlarini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan; 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sharoitida pedagogik loyihalashtirishga tayyorlikni shakllantirish va rivojlantirish modelining amaliy tarkibiy asosi tarmoqli dastur, mediagrafika, onlayn tizim kabi axborot texnologiyalari vositalarining innovatsion faoliyat bilan o‘zaro integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan; 
malaka oshirishning kasbga moslashish (kasbiy-adaptiv), ta’lim turiga xoslangan, ijtimoiy moslashish (ijtimoiy-adaptiv) kabi bevosita va onlayn tizimli, tarmoq dasturli kabi bilvosita shakllarini uyg‘unlashtirish asosida pedagogik loyihalashtirishning muqobillik, variativlik, samaradorlik ko‘rsatkichlariga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sharoitida malaka oshirish jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari quyidagi shakllarda joriy qilindi:
axborot ta’lim muhitida malaka oshirish jarayonlarini loyihalashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va komponentlarini andragogik ta’lim mexanizmlarining pedagogik imkoniyatlari asosida ochib berish bo‘yicha tavsiyalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 2 noyabrdagi 1023-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejalaridagi “Ta’lim jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash” moduli mazmuniga singdirilgan hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qitish natijalarini tashxis qilish mexanizmini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 avgustdagi 89-03-2898 ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish jarayonlarida pedagogik loyihalashtirish yondashuvlari, tamoyillari va komponentlarini samarali tatbiq etishga hamda malaka oshirish jarayonlarini tashxis etish samaradorligini oshirishga erishilgan;
malaka oshirish jarayonlarida pedagog kadrlarning loyihaviy faoliyatga tayyorgarligini baholash mezonlarini kasbiy o‘z-o‘zini anglashning kreativlik bilan aloqadorligini ta’minlash hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sharoitida pedagogik loyihalashtirishga tayyorlikni shakllantirish va rivojlantirish modelini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A-1-116 “Ta’limni axborotlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasasining pedagogik tarkibining ijodiy salohiyatini rivojlantirishning metodik tizimini ishlab chiqish” (2015-2017 y.) loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 avgustdagi 89-03-2898 ma’lumotnomasi).  Natijalar malaka oshirish jarayonlarida pedagog kadrlarning loyihaviy-kreativ kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
malaka oshirish jarayonlarining bevosita va bilvosita shakllarini uyg‘unlashtirish orqali pedagogik loyihalashtirishda muqobillik, variativlik, samaradorlikka erishishga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasining 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 89-03-740 ma’lumotnomasi). Natijalar oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malaka oshirish jarayonlarini loyihalashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish