Sayt test rejimida ishlamoqda

Amirov Azamat Odil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarix falsafasi konsepsiyalari evolyusiyasi», 09.00.03 –  Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal180.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Navro‘zova Gulchixra Negmatovna, falsafa fanlar doktori, professor; Juraev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Etakchitashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarix falsafasi konsepsiyalari evolyusiyasining O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rnini falsafiy konseptual jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarix falsafasi konsepsiya nazariyalari qavmlar, dinastiyalar, imperiyalar va davriy paradigmalar almashinuvi ko‘rinishida bosqichma-bosqich xronologik evolyusiyada rivojlanganligi, sotsiumlar o‘rtasida tarixiy voqealarni «taksonamik aloqalari» emas, o‘zaro ta’sir aloqalarining transformatsiyasi taraqqiyot modellarining asosini tashkil etganligi falsafiy jihatdan asoslab berilgan;
tarix falsafasida tarixiy voqealarni modellashtirish mezonlari, tarixiy rivojlanish qonuniyatlari, an’anaviylik va zamonaviylik ko‘rinishlari tarixni o‘rganishdagi mantiqiy konstruksiyalar, gnoseologik uslublar, xolislik va ob’ektivlik kabi yondoshuvlar epistemologik tizim asosida dalillangan;
zamonaviy falsafada tarix falsafasi konsepsiyasi turli xalqlar va millatlar tarixini o‘rganishda milliy xususiyatlarga tayanish, tarixiy taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlarini hisobga olish, tarixni soxtalashtirish orqali yoshlarning ongini manipulatsiya qilishga bo‘lgan urinishlarning kosmopolitik, manqurtlik kabi salbiy oqibatlarini oldini olishda zamonaviy tarixiy tafakkurning bunyodkor, kreativ, yaratuvchanlik kabi ijobiy ta’sirlari falsafiy jihatdan ochib berilgan;
tarix falsafasining formatsion, sivilizatsion, modernizatsion konsepsiyalarida asosiy harakatlantiruvchi qonuniyat sinergetik taraqqiyot ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarix falsafasi konsepsiyalari evolyusiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tarix falsafasi konsepsiya nazariyalari bosqichma-bosqich xronologik evolyusiya: qavmlar, dinastiyalar, imperiyalar va davriy paradigmalar almashinuvi ko‘rinishida tizimlashtirilgan, xususan sotsiumlar o‘rtasida tarixiy voqealarni «taksonamik aloqalari» emas, o‘zaro ta’sir aloqalarining transformatsiyasi taraqqiyot modellarining asosini tashkil etganligi tarixni davrlashtirish mezonlariga oid taklif-tavsiyalardan «Zamonaviy G‘arb falsafasining dolzarb muammolari» nomli o‘quv qo‘llanmaning «Baden maktabining qadriyatlar falsafasi» nomli qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 89-03-2884-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv qo‘llanmaning nazariy-metodologik asosi takomillashgan;
tarix falsafasining formatsion, sivilizatsion, modernizatsion konsepsiyalarida asosiy harakatlantiruvchi qonuniyat sinergetik taraqqiyot ekanligi davrma-davr qiyosiy o‘rganilgan hamda ularning umumiy, cheklangan va o‘ziga xos xususiyatlariga oid g‘oyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyotida tarix falsafasi konsepsiyalarining tizim tashkil etuvchi qonuniyatlarini milliy rivojlanish konsepsiyasiga tatbiq etish metodologiyasidan o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirib boruvchi “Yo‘l xarita”lar ishlab chiqishda nazariy asos sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 3 oktyabrdagi 02/09-1272-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar, xotin-qizlar orasida milliy o‘zlikni anglashga oid uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda ularga doir milliy siyosatni yuritishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan; 
tarix falsafasida tarixiy voqealarni modellashtirish mezonlari, tarixiy rivojlanish qonuniyatlari, an’anaviylik va zamonaviylik ko‘rinishlari tarixni o‘rganishdagi: mantiqiy konstruksiyalar, gnoseologik uslublar, xolislik va ob’ektivlik yondoshuvlari ko‘rinishidagi epistemologik tizimiga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida,jumladan, markaz tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar» dasturining «Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar» nomli VIII bobining«O‘zbekistonning boy ma’naviy merosi, me’moriy va tarixiy yodgorliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida YuNESKO jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi ob’ektlar haqidagi ma’lumotlarni 3D formatida namoyish etadigan elektron foto jamlanma (virtual sayohat) yaratish va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilish» mavzuidagi 34-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Kengashining 2020 yil 15 oktyabrdagi 03/07-879-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz tomonidan ishlab chiqilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar chora-tadbirlarini qo‘llash mexanizmlari samaradorligi oshgan;
zamonaviy falsafada tarix falsafasi konsepsiyasi turli xalqlar va millatlar tarixini o‘rganishda milliy xususiyatlarga tayanish, tarixiy taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlarini hisobga olish, tarixni soxtalashtirish orqali yoshlarning ongini manipulatsiya qilishga bo‘lgan urinishlarning kosmopolitik, manqurtlik kabi salbiy oqibatlarini oldini olishda zamonaviy tarixiy tafakkurning bunyodkor, kreativ, yaratuvchanlik kabi ijobiy ta’siriga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2021 yil 13 iyuldagi 2-13-23-1855-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lg‘usi faylasuf kadrlarning shaxsda milliy bag‘rikenglikni shakllantirish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorgarligi takomillashtirilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish