Sayt test rejimida ishlamoqda

Tuxliev G‘ayratali Axmadalievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Import o‘rnini bosuvchi samarali kompozision polimer elimlar va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2224.
Ilmiy rahbar: Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Baxodir Boypo‘latovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: import o‘rnini bosuvchi samarali kompozision polimer elimlar va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organomineral ingredientlarning turi, kimyoviy tabiati, tuzilishi va tarkibi, elim kompozisiyalarining fizik-mexanik va teplofizik hususiyatlariga bog‘liq holda ularning adgezion va kogezion mustahkamligi shakllanishida asosiy qonuniyatlarni aniqlashga asoslangan, oldindan berilgan xossalarga ega bo‘lgan kompozision polimer elimlar yaratilgan;
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridagi organik va noorganik ingredientlar asosida yuqori termodinamik barqarorligi, atmosferaga chidamliligi, shuningdek, arzonligi, iqtisodiy va ekologik havfsizligi jihatidan ajralib turuvchi, alkogolli ichimliklarning markirovkalarini yopishtirish uchun yangi samarali import o‘rnini bosuvchi kompozision polimer yopishqoq elimlar ishlab chiqilgan;
kompozisiyaning kogezion va adgezion xossalarini shakllanishida organomineral ingredientlarning turi, tabiati, tuzilishi, miqdori va nisbatlarining aniqlangan ta’sir qonuniyatlari asosida mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilaridagi organomineral ingredientlar asosida ishlab chiqarilayotgan kompozision polimer elimlarning optimal tarkibi aniqlangan;
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridagi organomineral ingredientlar asosida yuqori kogezion va adgezion xossalarini ta’minlovchi kompozision polimer elimlarni yaratish va olishning ilmiy – uslubiy va texnologik tamoyillari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Import o‘rnini bosuvchi samarali kompozision polimer elimlar va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Kompozision polimer kley» olish uchun texnik shart «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 14952796-12:2021) va aksiz markali alkogolli ichimliklarni etiketkalarini yopishtirish uchun kompozision elimlar olishga texnologik reglament  ishlab chiqilgan (TR 40.4-14952796-12:2021). Natijada, polimer materiallar asosida yuqori adgezion xususiyatli kompozision polimer elim olish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilaridagi organik va noorganik ingredientlar asosida ishlab chiqilgan kompozision polimer elimlar «Mastona» AJ ishlab chiqarish korxonasida aksiz markali alkogolli ichimliklarni etiketkalarini yopishtirish uchun amaliyotda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 15 iyuldagi 02-19/2461-son ma’lumotnomasi). Natijada, alkogol ichimliklar va yorliqlarning yaroqlilik muddatini va ishonchliligi 2-3 baravarini oshirish imkonini bergan;
kompozision polimer elimlar «Mastona» AJ ishlab chiqarish korxonasida amaliyotda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining 2021 yil 15 iyuldagi 02-19/2461-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan elimni qo‘llash orqali iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish