Sayt test rejimida ishlamoqda

Orzikulov Bunyod Toshmirzaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Poliakrilonitril asosida azot va fosfor tutgan polikompleksonlarning fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K300.
Ilmiy rahbar: Gafurova Dilfuza Anvarovna, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Maxmud Muratovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Beknazarov Xasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: poliakrilonitril asosida azot va fosfor guruhlar tutgan poliamfolitlar olish hamda ularning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor poliakrilonitiril asosida olingan anionitni fosfit kislota bilan modifikatsiyalab yangi ionitlar olingan;
sintez qilingan ionit poliamfolitik tabiatga ega bo‘lib, tarkibida ham azot, ham fosfit guruhlari borligi isbotlangan;
poliamfolitga Cu(II) ionlari sorbsiyasi ishqoriy muhitlarda ion va koordinatsion bog‘lanish hisobiga, kislotali muhitlarda esa faqat koordinatsion bog‘lar hisobiga borishi aniqlangan; 
ilk bor sanoat mahsuloti bo‘lgan ammoniy-tetramolibdat eritmasidan mis (II) ionlarini ajratib olishda fosfor tutgan polikompleksonlardan foydalanish mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Poliakrilonitril tolasi asosida olingan polikompleksonlarning fizik-kimyoviy xossalarini va ishlatilish sohalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
fosfor tutgan polikompleksonlar sanoat mahsuloti bo‘lgan ammoniy-tetramolibdat eritmasini metall ionlaridan tozalash usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 22 dekabrdagi 63-481-son ma’lumotnomasi). Natijada, ammoniytetramolibdat mahsulotini tarkibidagi qo‘shimcha mis ionlaridan tozalash imkonini bergan;
polikomplekson yordamida ishlab chiqilgan sorbsion-spektroskopik usul «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJning 2020 yil 27 iyundagi 478/GK-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, atrof muhit ob’ektlari va texnologik materiallarida mis va nikel` ionlarini tezkor aniqlash imkonini bergan;
poliakrilonitrilni modifikatsiyalab, sintez qilingan yangi anionalmashuvchi sorbentdan №A-12-53 «Atrof-muhit ob’ektlaridan ekotoksikantlarni aniqlash uchun polimer tashuvchilarga immobillangan reagentlar asosida fotometrik va sorbsion-fotometrik usullarini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyihada polimer materiallarga organik reagentlarni immobillashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 iyundagi 89-03-2297-son ma’lumotnomasi). Natijada, og‘ir va zaharli metallarni aniqlashning sorbsion-fotometrik usulini ishlab chiqish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish