Sayt test rejimida ishlamoqda

Tursunov Ibroximjon Turgunovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtaning dastlabki sifat ko‘rsatgichlarini saqlash maqsadida seporator ishchi organlarini takomillashtirish», 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1348.
Ilmiy rahbar: Sarimsakov Olimjon Sharifjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Ilxom Dadaxanovich texnika fanlari doktori, professor; Maxkamov Anvarjon Maxamatxonovich PhD, dotsent.
Etakchi tashkilot nomi: Andijon mashinasozlik instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Separator ishchi organlari konstruksiyasini takomillashtirish orqali paxta mahsulotlari dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini saqlash va ish unumdorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
paxtani tashuvchi havodan ajratish jarayonida unga ta’sir qiluvchi kuchlarning separator to‘rli sirti konstruksiyasiga bog‘liqligidan kelib chiqib, uni o‘zgartirish orqali paxtani havodan mexanik shikast etkazmay ajratish mumkinligi isbotlangan;
separatorning ishchi kamerasida to‘rli sirtga yopishgan paxtaning sidirgich ta’sirida to‘rli sirt yuzasidagi harakati traektoriyasidan kelib chiqib, to‘rli sirtning radial sterjenlarga spiral` shaklida o‘ralgan simdan tarkib topgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
separatorning ishchi kamerasida paxtaning sidirgich ishchi yuzasi bo‘ylab harakati traektoriyasidan kelib chiqib, sidirgichning to‘rli sirt tekisligiga nisbatan qiya joylashgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
separatorning ishchi kamerasida havo parametrlarining to‘rli sirt yuzasi bo‘ylab taqsimlanishini amaliy o‘rganish natijasida havo bosimi va tezligi to‘rli sirtning so‘ruvchi quvur tomonidagi nuqtasidan boshlab ishchi kamera orqa devori tomon chiziqli ravishda kamayib borishi aniqlangan; 
separatorning paxtani havodan ajratish jarayoni amaliy o‘rganish natijasida, pnevmotransport uskunasi ta’sir radiusining separator to‘rli sirti foydali yuzasi kattaligiga bog‘liqligi va spiral` shaklidagi to‘rli yuzaning o‘rnatilishi uskuna ta’sir radiusini keskin oshirishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxtani tashuvchi havodan ajratib beruvchi separator ishchi organlarining yangi konstruksiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
paxtani havodan ajratuvchi separator qurilmasi «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, «Namangan paxta teks» MChJga qarashli «Kosonsoy paxta tozalash» korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJ ning 2021 yil 14 iyulrdagi  №FT18/1477-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasi tarkibidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushini 1,2%ga kamaytirishga erishilgan;
paxtani havodan ajratuvchi separator ishchi organlari ratsional parametrlari «O‘zpaxtasanoat» AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, «Namangan paxta teks» MChJga qarashli «Kosonsoy paxta tozalash» korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJ ning 2021 yil 14-iyuldagi №FT18/1477-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonda tolaning yo‘qolishi paxtaning I-II navlarida 0,20 kg/s gacha hamda III-IV-V navlarda esa 2,0 kg/s gacha kamayishiga erishilgan.
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish