Sayt test rejimida ishlamoqda

Bekov Ixtiyor Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida siyosiy partiyalar ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Yu138.
Ilmiy maslahatchi: Ahmedov Davron Quvonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02. 
Rasmiy opponentlar: Akilov Alimjan Raximovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xusanov Ozod Tillabaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Ismailova Gulnoza Saydiganixodjaevna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida siyosiy partiyalar ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslarini kompleks ilmiy-nazariy tahlil qilish hamda mazkur munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ilgari surishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tegishli siyosiy partiyadan mahalliy vakillik organlariga saylangan kamida uch nafar deputat birlashgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari tuzilishi mumkinligi asoslab berilgan;
partiya guruhlari tuman (shahar) hokimining, shuningdek tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyat yoki Toshkent shahar hokimiga xulosa taqdim etish huquqiga ega ekanligi asoslangan;
siyosiy partiya tomonidan partiyaning tegishli saylov okrugidagi hududiy bo‘limi xodimlari orasidan jamoatchilik asosida ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining vakili institutini tashkil qilish zarurligi asoslab berilgan;
siyosiy partiya tomonidan tayinlangan vakolatli vakil saylov komissiyasining majlislarida, ularga hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda ishtirok etish huquqiga ega ekanligi asoslangan;
siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni to‘plash jarayonida saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishga haqli ekanligi asoslab berilgan;
siyosiy partiya u yoki bu shaxsni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘z qarorini saylovga kechi bilan o‘n besh kun qolganida bekor qilish huquqiga ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatida siyosiy partiyalar ishtirokining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:: 
tegishli siyosiy partiyadan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga yoki xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga saylangan kamida uch nafar deputat birlashgan taqdirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi, xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlari tuzilishi mumkinligi haqidagi taklif «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 14-moddasi to‘rtinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 20 yanvardagi 05/1-09-33-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi partiya guruhlarini tuzish tartibini soddalashtirishga xizmat qilgan;
partiya guruhlari tuman (shahar) hokimining, shuningdek tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyat yoki Toshkent shahar hokimiga xulosa taqdim etish huquqiga ega ekanligi to‘g‘risidagi taklif «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 141-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 20 yanvardagi 05/1-09-33-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni inobatga olinishi partiya guruhlarining huquqlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
siyosiy partiya tomonidan partiyaning tegishli saylov okrugidagi hududiy bo‘limi xodimlari orasidan jamoatchilik asosida ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining vakili institutini tashkil qilish haqidagi taklif «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 142-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 20 yanvardagi 05/1-09-33-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni inobatga olinishi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining maqomini va uning ish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
siyosiy partiya tomonidan tayinlangan vakolatli vakil saylov komissiyasining majlislarida, ularga hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda ishtirok etish huquqiga ega ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 34-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 20 yanvardagi 06/1-05/240-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi siyosiy partiya tomonidan tayinlangan vakolatli vakilning huquqlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
siyosiy partiyalar tomonidan imzolarni to‘plash jarayonida saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani yoxud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni qo‘llab-quvvatlab imzo qo‘yishga haqli ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 38-moddasi uchinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 20 yanvardagi 06/1-05/240-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi imzolarni to‘lash jarayonida bir nechta siyosiy partiya yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha saylovchilarning huquqini kengaytirishga xizmat qilgan;
siyosiy partiya u yoki bu shaxsni nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘z qarorini saylovga kechi bilan o‘n besh kun qolganida bekor qilish huquqiga ega ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 42-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021 yil 20 yanvardagi 06/1-05/240-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi saylov jarayoni ishtirokchilarini ish samaradorligi va saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish