Sayt test rejimida ishlamoqda

Topildiev Voxidjon Raximjonovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tashkiliy munosabatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solish”, 12.00.03–Fuqarolik huquqi; Tadbirkorlik huquqi; Oila huquqi; Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Yu12. 
Ilmiy maslahatchi: Oqyulov Omonboy, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar Oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi huzuridagi PhD.37/27.02.2020.Yu.107.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Kamalov Oybek Axmatovich, yuridik fanlar doktori, professor; Boboqulov Sotvoldi Bobonazarovich yuridik fanlar doktori, professor.
Etakchi tashkilot:  O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tashkiliy munosabatlarni fuqarolik huquqiy tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sho‘’ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi  ulushga ega bo‘lishga haqli emasligi, mazkur taqiq kuchga kirguniga qadar o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi ulushni olgan sho‘’ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ishtirokchilari yoki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emasligi zarurati asoslangan;
aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, a’zolari va direktori, uning sho‘’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar va ushbu jamiyatlar boshqaruv organlarining a’zolari jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emasligi asoslab berilgan;
mulkdorning o‘ziga tegishli bo‘lgan moddiy madaniy meros ob’ektini saqlash bo‘yicha vazifalarini aniqlash, mazkur vazifalarga rioya etilmaganida unga nisbatan qo‘llaniladigan ta’sir choralarini belgilash, shuningdek, mazkur ob’ektlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud qarori bilan mulkdordan olib qo‘yish asoslari, mazkur vaziyatda da’vo qo‘zg‘atish  qoidasi asoslantirilgan; 
aksiyadorlik jamiyatini tugatish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra ushbu jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi oqibatida harakatsiz rejimga o‘tkazilganidan keyin 3 yil mobaynida uning faoliyati tiklanmaganida amalga oshirilishi, bunda tugatuvchi tayinlanmasligi asoslab berilgan;
aksiyadorlik jamiyatining tugatilishi haqida tugatuvchi ommaviy axborot vositalarida e’lon berishi, jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi asoslantirilgan;
fuqarolik tashkiliy-huquqiy munosabatlar tizimida korporativ-huquqiy munosabatlar uchun xos bo‘lgan va barcha korporatsiyalar amal qilishi lozim bo‘lgan umumiy qoidalarni qabul qilish, korporatsiya ko‘rinishidagi turli yuridik shaxslarga oid asosiy qoidalarni fuqarolik kodeksida ifodalash, tashkiliy-huquqiy munosabatlarni fuqarolik huquqi fanining predmetiga kiritish  zaruriyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tashkiliy-huquqiy munosabatlarni fuqaroviy huquqiy tartibga huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
sho‘’ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi  ulushga ega bo‘lishga haqli emasligi, mazkur taqiq kuchga kirguniga qadar o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ustav fondidagi ulushni olgan sho‘’ba xo‘jalik jamiyati o‘zining asosiy jamiyati (shirkati) ishtirokchilari yoki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida ovoz berishga haqli emasligi taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 yanvardagi O‘RQ-459-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 13 noyabrdagi 06/1-05/3083vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sho‘’ba xo‘jalik jamiyati va asosiy jamiyat o‘rtasidagi ulushga  hamda asosiy jamiyat ishtirokchilari va aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida sho‘’ba xo‘jalik jamiyatining ovoz berish huquqiga ega bo‘lmasligini aniqlashga xizmat qilgan;
aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi a’zolari va direktori, uning sho‘’ba va tobe xo‘jalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan shaxslar va ushbu jamiyatlar boshqaruv organlarining a’zolari jamiyatning kuzatuv kengashiga saylanishi mumkin emasligiga oid takliflar «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 yanvardagi O‘RQ-459-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 13 noyabrdagi 06/1-05/3083vx-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashiga saylanish tartibi va bunda nomzodlarni aniqlashga oid tashkiliy munosabatlarni huquqiy asoslarini o‘rnatishga xizmat qilgan;
mulkdorning o‘ziga tegishli bo‘lgan moddiy madaniy meros ob’ektini saqlash bo‘yicha vazifalarini aniqlash, mazkur vazifalarga rioya etilmaganida unga nisbatan qo‘llaniladigan ta’sir choralarini belgilash, shuningdek, mazkur ob’ektlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda sud qarori bilan mulkdordan olib qo‘yish asoslari, bu vaziyatda da’vo qo‘zg‘atish qoidalari to‘g‘risidagi takliflari «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 apreldagi O‘RQ-476-son «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 13 noyabrdagi 06/1-05/3083vx-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif moddiy madaniy merosni asrash, uning huquqi rejimini saqlash va muhofaza qilishga oid tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni aniqlashtirishga imkon bergan;
aksiyadorlik jamiyatini tugatish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra ushbu jamiyat moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi oqibatida harakatsiz rejimga o‘tkazilganidan keyin 3 yil mobaynida uning faoliyati tiklanmaganida amalga oshirilishi, bunda tugatuvchi tayinlanmasligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 dekabrdagi «Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-592-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 17 oktyabrdagi 104-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik jamiyatini tugatish tartibini aniqlashtirish va uning muddatlarini qat’iy belgilash orqali tugatishga oid tashkiliy munosabatlarni barqaror huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
tugatuvchi aksiyadorlik jamiyatning tugatilishi haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishi, jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 dekabrdagi «Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-592-son qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 17 oktyabrdagi 104-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif tugatish jarayonida kreditorlarning huquqlari va manfaatlarini ta’minlashning muhim mexanizmlarini joriy etishga imkon yaratgan.
fuqarolik tashkiliy-huquqiy munosabatlar tizimida korporativ-huquqiy munosabatlar uchun xos bo‘lgan va barcha korporatsiyalar amal qilishi lozim bo‘lgan umumiy qoidalarni qabul qilish, korporatsiya ko‘rinishidagi turli yuridik shaxslarga oid asosiy qoidalarni fuqarolik kodeksida ifodalash, tashkiliy - huquqiy munosabatlarni fuqarolik huquqi fanining predmetiga kiritish zaruriyati to‘g‘risidagi taklifi “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Fuqarolik huquqi” darsligi (I-Bob 4-§.Tashkiliy munosabatlar fuqarolik huquqining predmeti sifatida, 5-§.Korporativ munosabatlar fuqarolik huquqining predmeti sifatida) da o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining 2013 yil 13 martdagi 82-son buyrug‘i, 2019 yil 6 fevraldagi 89-03-571-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi fuqarolik huquqi nazariyasini ilmiy - nazariy jihatdan boyitishga xamda “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar, ilmiy tadqiqotchilar, shuningdek, fuqarolik huquqini qo‘llovchi amaliyot xodimlarining tashkiliy-huquqiy munosabatlarga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlanishiga hissa qo‘shgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish