Sayt test rejimida ishlamoqda

Navruz-zoda Zebiniso Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turistik hududlar negizida ziyorat klasterlarini shakllantirishning  tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari”, 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1472.
Ilmiy rahbar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Raxmatilla Xidirovich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Bekjanov Dilmurad  Yuldashovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Etakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turistik hududlar negizida ziyorat klasterlarini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ziyorat turistik klasterini shakllantirishda muqaddas joylarning ziyorat klasterboplik darajasining aniqlovchilari sifatida “muqaddas maskan”, “diqqatga sazovor muqaddas joy”, “jozibador ziyorat hudud” va  “klasterbop ziyoratgoh”ni baholash yondashuvi assolalangan
“aqlli ziyorat hududlar”ni shakllantirish va turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi davlat va xususiy korxonalararo qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish asosida ziyorat klasterini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
sayohat faoliyati “destinatsiya”larda, “aqlli hudud” hamda uning klasterini shakllantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan “smart turistik hudud” ta’rifi turistik destinatsiyaning uch darajasi asosida takomillashtirilgan;
Buxoro viloyatida "Etti Pir ziyorat klasteri”ni tashkil etishning 2025 yilga qadar ziyoratchilar oqimining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turistik hududlar negizida ziyorat klasterlarini shakllantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ziyorat turistik klasterlarni shakllantirish maqsadida muqaddas joylarning ziyorat klasterboplik darajasi aniqlovchilari sifatidagi “muqaddas maskan”, “diqqatga sazovor muqaddas joy”, “jozibador ziyorat hudud” va  “klasterbop ziyoratgoh”ni baholash metodologiyasi va mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Buxoro viloyatida 2019-2020 yillarda turizmni rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 3 noyabrdagi  02-16/5140-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda mavjud bo‘lgan muqaddas joylarning real ziyorat klasterboplik darajasini ekspert usulida aniqlash va klaster tuzishga munosib ziyoratgohlarni tanlab olish yo‘li bilan hududlarda ziyorat klasterlarni yaratish imkoniyatini bergan;
“aqlli ziyorat hududlar”ni shakllantirish va tegishli turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi davlat va xususiy korxonalararo qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish jarayonlarining o‘zaro aloqadorligi va ta’sirini ifodalaydigan mualliflik ziyorat klasteri modeli O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Buxoro viloyatida 2019-2020 yillarda turizmni rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 3 noyabrdagi  02-16/5140-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelni amalda qo‘llash orqali O‘zbekistonning turli ziyoratbop maskanlarida transaksion xarajatlarni kamaytirish va ziyorat turizmida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish natijasida ziyorat turistik mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatini yaratilgan;
“turistik hudud” tushunchasini sayyohlar tashrif buyuradigan “aqlli hudud” hamda raqamli sayyohlik biznes sub’ekti birligi sifatida ko‘rib chiqish asosida uning klasterni shakllantiruvchi xususiyatiga ega bo‘lgan “smart turistik hudud” talqini  O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Buxoro viloyatida 2019-2020 yillarda turizmni rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 3 noyabrdagi  02-16/5140-son ma’lumotnomasi). Ushbu talqinining amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda raqamli ziyorat turizmini klaster usulida hududlar bo‘yicha jadal rivojlantirish imkoniyatini yanada oshirishga erishilgan;
Buxoro viloyatida "Etti Pir ziyorat klasteri”ni tashkil etish bo‘yicha taklifi asosida 2024 yilga qadar ziyoratchilar oqimining prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Buxoro viloyatida 2019-2020 yillarda turizmni rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 3 noyabrdagi  02-16/5140-son ma’lumotnomasi). O‘zbekistonning yangi - Etti Pir ziyorati turistik yo‘nalishi bo‘ylab sayohatga  ixtisoslashgan ziyorat klasterining tashkil etilishi natijasida, Buxoro viloyatining 5 ta tumanida umumiy uzunligi 120 kilometr masofada tarqoq joylashgan ettita piri komillar ziyoratgohlarini yagona sayyohlik marshrutiga birlashish imkoni yaratdi. Prognoz parametrlariga ko‘ra, Buxoro viloyati “Etti Pir” ziyoratgohlari bo‘ylab turistlar tashrifi 2020-2024 yillarda klaster tashkil qilish natijasida klaster bo‘lmagan sharoitiga nisbatan – 533017 kishiga yoki 19,9 foizga oshgan. Mazkur prognoz ko‘rsatkichlardan ziyorat turizmining istiqboldagi rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish