Sayt test rejimida ishlamoqda

Nasriddinov Jasurjon Islomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalarni moliyalashtirish tizimida amortizatsiya ajratmalarining ahamiyatini oshirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt246.
Ilmiy rahbar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Ataniyazov Jasur Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Xayrulla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarni moliyalashtirish tizimida amortizatsiya ajratmalarining ahamiyatini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiy rivojlanishni baholashda asosiy fondlar amortizatsiyasini asosiy kapital iste’moli ko‘rsatkichi sifatida aks ettirish asoslangan;
foydalanishda bo‘lgan  asosiy vositalar sotib olinganda mazkur ob’ektdan avvalgi mulkdor tomonidan foydalangan muddatni chiqargan holda amortizatsiya normasini belgilash taklif etilgan;
innovatsion va investision loyihalar uchun joriy etilgan investisiyaviy chegirmalarni jadallashgan amortizatsiya xarajati sifatida qabul qilish va investisiyaviy chegirmani 10 foiz miqdorida belgilash taklif etilgan; 
asosiy fondlar to‘liq va qoldiq qiymatlari bo‘yicha jadallashgan usulda hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining uning yillik hajmiga ta’sirining 2030 yilgacha  ko‘p variantli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Korxonalarni moliyalashtirish tizimida amortizatsiya ajratmalarining ahamiyatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
iqtisodiy rivojlanishni baholashda asosiy fondlar amortizatsiyasini asosiy kapital iste’moli ko‘rsatkichi sifatida aks ettirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakat miqyosida asosiy fondlar amortizatsiyasini hisoblash jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 16 martdagi 01/1-03-17/2-20-son ma’lumotnomasi). Natijada Milliy hisob tizimi talablari asosida mamlakat miqyosida asosiy fondlar amortizatsiyasini hisoblash tizimi shakllantirilgan;
foydalanishda bo‘lgan  asosiy vositalar sotib olinganda mazkur ob’ektdan avvalgi mulkdor tomonidan foydalangan muddatni chiqargan holda amortizatsiya normasini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririda (306-modda) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 23 martdagi 04/15-01-6/10-1019-son ma’lumotnomasi). Natijada, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga tez beriluvchan tarmoqlarda zamonaviy texnika va texnologiyalarning yangilanishi jarayoni tezlashgan.
innovatsion va investision loyihalar uchun joriy etilgan investisiyaviy chegirmalarni jadallashgan amortizatsiya xarajati sifatida qabul qilish va investisiyaviy chegirmani 10 foiz miqdorida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririda (308-modda) o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 23 martdagi 04/15-01-6/10-1019-son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiyaviy chegirmalar soliq imtiyozi sifatida emas, jadallashgan amortizatsiya sifatida berilishi foyda solig‘i bazasini asossiz kamayishi oldini olish imkoniyati yaratilgan;
asosiy fondlar to‘liq va qoldiq qiymatlari bo‘yicha jadallashgan usulda hisoblangan amortizatsiya ajratmalarining uning yillik hajmiga ta’sirining 2030 yilgacha ko‘p variantli prognozi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 23 martdagi 04/15-01-6/10-1019-son ma’lumotnomasi). Natijada 2019-2030 yillarda asosiy fondlarning milliy iqtisodiyot hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi eskirish qiymatlari darajasi, ularning to‘liq va qoldiq qiymatlarining amortizatsiya ajratmalarining yillik umumiy hajmiga bo‘lgan ta’siri milliy iqtisodiyotni innovatsion taraqqiyot yo‘liga o‘tkazish strategiyasini belgilash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish