Sayt test rejimida ishlamoqda

Asadov Xurshed Sa’dullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqalar iqtisodiy rivojlanishini baholash va prognozlash uslubini takomillashtirish», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Iqt611.
Ilmiy rahbar: Tuxliev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Sharofiddin Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimova Go‘zal Alisherovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Etakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston mintaqalarini uzoq muddatli istiqbolga barqaror iqtisodiy rivojlanishini baholash va prognozlash uslublarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalari indeksini baholash uslubi mehnat unumdorligi, kapital va material qaytimi ko‘rsatkichlarini qo‘shish orqali takomillashtirilgan;
mintaqalar iqtisodiy o‘sishini prognozlashning ikki bosqichli, ya’ni, birinchi bosqichda, ko‘p omilli regressiya tenglamasining ekzogen omillarini ARMA usulidan foydalangan holda prognozlash orqali olingan natijalarni, ikkinchi bosqichda, endogen ko‘rsatkich – YaHM o‘sishini prognozlashda qo‘llashning ekonometrik modeli ishlab chiqilgan; 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida hududlarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasidagi rivojlanish tendensiyalarining o‘ziga xos hususiyatlarini aniqlash orqali mintaqalar yalpi hududiy mahsulotining uzoq muddatli istiqbolda 2030 yilgacha o‘sish parametrlari prognozi ishlab chiqilgan;
mamlakat mintaqalari rivojlanishining maqsadli ko‘rsatkichlarini amalga oshirishning to‘rt bosqichli, ya’ni, huquqiy asos yaratish, prognozlash jarayonini shakllantirish, prognoz parametrlarini boshqaruv organlari tomonidan o‘zaro moslashtirish va natijani monitoring qilishdan iborat tashkliy-iqtisodiy mexanizmi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqalar iqtisodiy rivojlanishini baholash va prognozlash uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalari indeksini baholash uslubi mehnat unumdorligi, kapital va material qaytimi ko‘rsatkichlarini qo‘shish orqali takomillashtirilgan uslubidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida hududlar iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha yillik va choraklik tahliliy materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 03/14-01-10/10-1279-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 9 apreldagi 01/1-04-18/2-106-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mintaqalar ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi darajasini aniqlashga imkon yaratilib, tayyorlanadigan tahliliy materiallarning sifati oshishiga va mintaqalar iqtisodiy rivojlanishini baholash bo‘yicha mavjud uslubiy yondashuvlarni takomillashtirishga erishilgan.
mintaqalar iqtisodiy o‘sishini prognozlashning ikki bosqichli, ya’ni, birinchi bosqichda, ko‘p omilli regressiya tenglamasining ekzogen omillarini ARMA usulidan foydalangan holda prognozlash orqali olingan natijalarni ikkinchi bosqichda, endogen ko‘rsatkich – YaHM o‘sishini prognozlashda qo‘llashning ekonometrik modelidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida respublikada yalpi hududiy mahsulot o‘sishini prognozlash bo‘yicha mavjud uslubiy materiallarni takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “Iqtisodiy-statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” o‘quv kursida ilmiy-amaliy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 03/14-01-10/10-1279-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 9 apreldagi 01/1-04-18/2-106-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida O‘zbekiston mintaqalari iqtisodiy o‘sishini uzoq muddatli davrga prognozlashning qo‘shimcha imkoniyati yaratildi va “Iqtisodiy-statistik tahlil va ekonometrik modellashtirish” fani bo‘yicha o‘quv materiallarini takomillashtirishga erishilgan. 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari asosida mintaqalarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasidagi rivojlanish tendensiyalarining o‘ziga xos hususiyatlarini aniqlash orqali mintaqalar yalpi hududiy mahsulotining 2030 yilgacha uzoq muddatli istiqbolda o‘sish parametrlari prognozlari yordamida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Davlat byudjeti boshqarmasi tomonidan 2021 yil uchun iqtisodiy o‘sishning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining jamlanma parametrlari va 2022-2023 yillarga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va byudjet mo‘ljallarini ko‘rib chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 03/14-01-10/10-1279-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Davlat byudjeti boshqarmasining 2020 yil 22 dekabrdagi 20-05/26-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasini amaliyotga joriy etish natijasida hududlarni o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini shakllantirish, ularda iqtisodiy o‘sish omillarini belgilash va mavjud potensialdan optimal foydalanishga hamda 2022-2023 yillarga byudjet mo‘ljallarining iqtisodiy o‘sish parametrlariga asoslanganligini tekshirish imkoniyatiga erishilgan. 
mamlakat mintaqalari rivojlanishining maqsadli ko‘rsatkichlarini amalga oshirishning to‘rt bosqichli, ya’ni, huquqiy asos yaratish, prognozlash jarayonini shakllantirish, prognoz parametrlarini boshqaruv organlari tomonidan o‘zaro moslashtirish va natijani monitoring qilishdan iborat tashkliy-iqtisodiy mexanizmidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan tayyorlangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan (2019 yil 21 noyabr`) “Strategik rejalashtirish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 24 dekabrdagi 03/14-01-10/10-1279-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida mintaqalarning o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarda rivojlanish strategiyalarini belgilash va ularni amalga oshirishning tashkiliy mexanizmi joriy etishga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish