Sayt test rejimida ishlamoqda

Ismailova Savrinisa Sultanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xomila po‘stlog‘i barvaqt  uzilgan homilador ayollarda homiladorlikni davom ettirishning prognozlash mezonlari», 14.00.01 – Akusherlik  va genikologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib187.
Ilmiy rahbar: Asrankulova Dilorom Baxtiyarovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa  nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Muminova Nigora Xayretdinovna tibbiyot fanlari doktori, Xusanxodjaeva Malika Tursunxodjaevna tibbiyot fanlari doktori;
Etakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homila po‘stlog‘i barvaqt uzilgan homilador ayollarda homiladorlikni davom ettirishning prognozlash mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xomidorlikning 22-33 muddatidagi kog‘onq pardasi barvaqt yorilgan ayollarda asoratlangan akusherlik va ginekologik anamnezi va homila po‘stlog‘ining barvakt yorilishi (HPBYo) uchrash darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan; 
ekilgan mikroflorani  chastotasining kamayishi,shartli patogen mikrofloraning patologik o‘sishi va xorioamnionit rivojlanish chastotasining o‘rtasida teskari o‘rtacha korrelyasiya bog‘liqligi (r=-0,56) va musbat kuchli korrelyasion bog‘liqlikning (r = 0,76 (R<0,05)) aniqlanishi bilan homila po‘stlog‘inng barvakt yorilishi (HPBYo) ning latent davrini kamayishi asoslangan; 
ilk bor homiladorlarlar qon tizimida lipoperoksidatsiya jarayoni kuchayishi tabiiy antioksidant himoyaning superoksiddismutaza (SOD), katalaza (KT), glutation perioksidaza (GP), glutation transferaza (GT) fermentlari kamayishi va glutation reduktaza (GR) fermentining ortishi sababli suvsiz oraliqni uzoqroq davomiyligiga va antioksidant himoya ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga olib kelishi aniqlangan;
homila po‘stlog‘inng barvakt yorilishi (HPBYo) kuzatilgan ayollarda qo‘shimcha prognostik mezonlar (foliy kislotasi, α-fetoprotein va fibronektin miqdorlari), servikometriya, lipidlarning perikisli oksidlanishi (LPO)-antioksid himoya (AOX) mutanosibligiining  buzilishi  ko‘rsatkichlari  va suvsiz oraliq  davomiyligiga mutanosib ravishda gestatsiyaning turli muddatlarida homiladorlikni uzaytirishni prognozlash isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Homila po‘stlog‘i barvaqt uzilgan homilador ayollarda homiladorlikni davom ettirishning prognozlash mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
homilador ayollarda homiladorlikni trimestlari kechishini nazorat qilish va olib borish asosida ishlab chiqilgan «Homiladorlikni oxiriga etkaza olmaslik» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 4 fevraldagi 8n-d/4-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi ayollarda homiladorlikni oxiriga etkaza olmaslik xavfi paydo bo‘lishi va rivojlanishini erta tashhislash va oldini olishga xizmat qilgan;
homilador ayollarda homila pardasining barvaqt yorilishini kuzatish va oldini olish asosida ishlab chiqilgan «Qog‘onoq oldi suvlari barvaqt ketganida homiladorlikni o‘ziga xosligi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 4 fevraldagi 8n-d/4-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi ayollarda homila pardasining barvaqt yorilishi kelib chiqish xavfi va rivojlanishini erta tashhislash va oldini olishga xizmat qilgan;
homila pardasining barvaqt yorilishi sharoitida homiladorlik muddatini cho‘zish asosida ishlab chiqilgan «Qog‘onoq oldi suvlari barvaqt ketganida homilador ayollarda homiladorlik muddatini uzaytirish akusherlik taktikasi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 4 fevraldagi 8n-d/4-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi HPBYo  kuzatilgan  xomilador ayollarda xomila pardasining barvaqt yorilishini erta tashhislash, prognozlash va homiladorlik muddatini uzaytirishga erishishga  xizmat qilgan;
homila po‘stlog‘i barvaqt yorilgan homilador ayollarda homiladorlikni davom ettirishning prognozlash mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon shahar 1- va 2-tug‘uruq kompleks, Andijon shahar perinatal markazi va Andijon  viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 iyundagi 08-09/6784-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi homila pardasining barvaqt yorilishini erta tashxislash, olib borish taktikasini takomillashtirish, homiladorlik muddatini uzaytirish, kasallik asoratlarini kamaytirish xamda tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish