Sayt test rejimida ishlamoqda

Yusupova Nazokatxon Vaxobxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fanlararo aloqadorlik vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped706.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, professor; Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fanlararo aloqadorlik vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
fanlararo aloqadorlik vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning psixologik pedagogik, metodik, faktik, tushunchaviy, nazariy, falsafiy bog‘lanishlar kabi pedagogik imkoniyatlari tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari tarkibi refleksiv yondashuv vositasida tizimlararo va konseptual-metodologik funksiyalari sinergetik yondashuv bo‘yicha fanlararo yo‘nalishlarni tizimlashtirish asosida kengaytirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalari pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil etish, faktik, tushunchaviy, nazariy, falsafiy fanlararo bog‘lanishlarni tarmoq, kurs, mavzular va mashg‘ulotlarni rejalashtirish darajasini umumiy kommunikativ qadriyatlar, shaxslararo muloqotni amalga oshirish, kasbiy ideal darajasi, kasbiy muloqot, muammoli yondashuvlar bilan uzviy aloqadorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
fanlararo aloqadorlik vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli konseptual, maqsadli, mazmunli yondashuvlar vositasida ijodiy faoliyat usullarini o‘zaro integratsiyalash o‘quv motivlarini kuchaytirish, kompetensiyalarni shakllantirish tuzilmasi motivatsiya, kognitiv, faoliyat va natijalarni baholash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikma, og‘zaki va yozma nutq malakalari, funksional, hisoblash, rasmiy-mantiqiy, hisoblash-o‘lchash, badiiy-tasviriy, grafik, fikrlash faoliyati, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish bosqichlarini muvofiqlashtirishga ustuvorlik berish orqali umumiy malakalari fanlararo integratsion yondashuv asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fanlararo aloqadorlik vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalari asosida:
tizimlararo va fanlararo yo‘nalishlarini tizimlashtirish asosida kengaytirilgan fanlararo aloqadorlik vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari(psixologik, pedagogik, metodik, faktik, tushunchaviy, nazariy, falsafiy bog‘lanishlarni)ga oid taklif va xulosalardan “Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 dekabrdagi 89-03-5082-son ma’lumotnomasi). Natijada, fanlararo aloqadorlik vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
muammoli yondashuvlar asosida orqali takomillashtirilgan fanlararo bog‘lanishlar(faktik, tushunchaviy, nazariy, falsafiy)ni tarmoq, kurs, mavzular va mashg‘ulotlarni rejalashtirish darajasiga oid taklif va xulosalar asosida “Matematika” darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, № 522-090). Natijada, fanlararo aloqadorlik bo‘yicha samarali taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ijodiy faoliyat usullarini o‘zaro integratsiyalash o‘quv motivlarini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan fanlararo aloqadorlik vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeliga oid taklif va xulosalar Matematika” darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, № 522-090). Natijada, fanlararo aloqadorlik vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalari pedagogik amaliyotda rivojlantirishiga xizmat qilgan; 
fanlararo integratsion yondashuv asosida takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ko‘nikma, og‘zaki va yozma nutq malakalari, funksional, hisoblash, rasmiy-mantiqiy, hisoblash-o‘lchash, badiiy-tasviriy, grafik, fikrlash faoliyatining umumiy malakalariga oid taklif va xulosalar Matematika” darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, № 522-090). Natijada, fanlararo aloqadorlik vositasida bo‘lajak o‘qituvchilar-ning malakalari takomillashuviga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish