Sayt test rejimida ishlamoqda

Shadimetova Gulchexra Mamurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy bayramlarning  estetik xususiyatlari», 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fa128.
Ilmiy rahbar: Nurmatova Mukarram Axmedovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlar doktori, professor; Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy bayramlarning genezisi va tarixiy-falsafiy evolyusiyasini estetik kategoriyalar tizimi asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy bayramlarning estetik jihatdan evolyusiyasi (qadimdan hozirgi davrgacha), unga ta’sir o‘tkazgan tarixiy taraqqiyot natijalari, ijtimoiy-madaniy jarayonlar, davr ruhi bilan bog‘liq estetik elementlari («badiiy fon», «bayramona kayfiyat», «badiiy yaxlitlik») va etnomadaniy, evdomanistik singari estetik belgilari falsafiy jihatdan ochib berilgan; 
milliy bayramlar xalqlarning ijtimoiylashuvi mahsuli sifatida millat qiyofasini aks ettirib, xalqning urf-odatlari va an’analarni namoyon etishi, ular qadriyatlar tizimiga ta’sir ko‘rsatib, vorisiylikni ta’minlashdagi estetik mushohada, estetik zavq, estetik qiziqish, estetik did hamda estetik ideallarni shakllantirishdagi ahamiyati, milliy bayramlarni aks ettiradigan ramzlarning badiiy-estetik xususiyatlariga ko‘ra falsafiy maqomga ega bo‘lishi ochib berilgan; 
o‘zbek xalqining milliy bayramlari zamiridagi go‘zallik, turmush tarzi taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olishi, mavsumiy mehnat jarayonlari bilan bog‘liq marosimlarni o‘zida aks ettirishi  hamda tabiat hodisalarini ilohiylashtirish bilan bog‘liq diniy marosimlardagi tabiat va inson uyg‘unligiga asoslangan mezonlarda umuminsoniy qadriyatlar ruhida estetik mazmun bilan boyitilgan ulug‘vorlikni aks ettirishi ochib berilgan; 
milliy bayramlar o‘zining emotsional tomoshaviylik samarasi bilan jamiyatdagi shaxslararo muloqot, birdamlikni ta’minlash bilan bog‘liq ijobiy munosabatlarni tartibga solish, ommaviy tadbirlar shaxslararo munosabatlarini shakllantirish va shu munosabatlarni ifodalash, fuqarolarning ommaviy faolligi hamda ma’naviy o‘zgarish darajasini aniqlash va bu jarayonda paydo bo‘ladigan ijtimoiy muammolarni hal etishga e’tiborini jalb qilish kabi talablarga javob berishi kerakligi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy bayramlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
milliy bayramlarning estetik jihatdan evolyusiyasi (qadimdan hozirgi davrgacha), unga ta’sir o‘tkazgan tarixiy taraqqiyot natijalari, ijtimoiy-madaniy jarayonlar, davr ruhi bilan bog‘liq estetik elementlari («badiiy fon», «bayramona kayfiyat», «badiiy yaxlitlik») va etnomadaniy, evdomanistik singari estetik belgilariga oid taklif va tavsiyalaridan «O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi» faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 14 avgustdagi 02-16/3786-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalqi milliy bayramlarini maqsadli hamda samarali o‘tkazishga xizmat qilgan; 
milliy bayramlar xalqlarning ijtimoiylashuvi mahsuli sifatida millat qiyofasini aks ettirib, xalqning urf-odatlari va an’analarni namoyon etishi, ular qadriyatlar tizimiga ta’sir ko‘rsatib, vorisiylikni ta’minlashdagi estetik mushohada, estetik zavq, estetik qiziqish, estetik did hamda estetik ideallarni shakllantirishdagi  ahamiyati, milliy bayramlarni aks ettiradigan ramzlarning badiiy-estetik xususiyatlariga ko‘ra falsafiy maqomga ega bo‘lishiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 29 avgustdagi 02/08-736-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarni milliy bayramlarga nisbatan yangicha bilim va g‘oyaviy yondashuvini rivojlanishiga xizmat qilgan; 
o‘zbek xalqining milliy bayramlari zamiridagi go‘zallik, turmush tarzi taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olishi, mavsumiy mehnat jarayonlari bilan bog‘liq marosimlarni o‘zida aks ettirishi  hamda tabiat hodisalarini ilohiylashtirish bilan bog‘liq diniy marosimlardagi tabiat va inson uyg‘unligiga asoslangan mezonlarda umuminsoniy qadriyatlar ruhida estetik mazmun bilan boyitilgan ulug‘vorlikni aks ettirishiga oid g‘oyalari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengashining tadbirlar dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengashining 2020 yil 8 iyuldagi 04-13/2074-son ma’lumotnomasi). Natijalar, tadbirlarda yoshlarning ijtimoiy-madaniy imkoniyatlarini to‘la namoyon qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
milliy bayramlar o‘zining emotsional tomoshaviylik samarasi bilan jamiyatdagi shaxslararo muloqot, birdamlikni ta’minlash bilan bog‘liq ijobiy munosabatlarni tartibga solish, ommaviy tadbirlar shaxslararo munosabatlarini shakllantirish va shu munosabatlarni ifodalash, fuqarolarning ommaviy faolligi hamda ma’naviy o‘zgarish darajasini aniqlash va bu jarayonda paydo bo‘ladigan ijtimoiy muammolarni hal etishga e’tiborini jalb qilish kabi talablarga javob berishi kerakligiga oid takliflardan «Estrada va ommaviy tomoshalar dramaturgiyasi» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 89-03-2981-son ma’lumotnomasi). Natijada, berilgan takliflar o‘quv qo‘llanmaning mavzularini takomillashtirishga, yangi ilmiy faktlar bilan boyitishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish