Sayt test rejimida ishlamoqda

Xo‘jaev Munis Otaboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirish”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1310.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronov Muhammadjon pedagogika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
talabalarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishning konseptual asoslari, didaktik strukturasi, pedagogik-psixologik xususiyatlari va tuzilmasi g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikning faol fuqarolik pozisiyasi, mafkuraviy profilaktika, mafkuraviy pedagogika, hamkorlik pedagogikasi ustunlarini emotsional-motivatsion, informatsion-kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik komponentlar bilan gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirish jarayoni fanlararo modulli ta’lim, ijtimoiy-gumanitar va pedagogik fanlarning imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quv mavzulari mazmuniga umumiy yo‘nalishni ko‘rsatuvchi, fanlararo integratsiya asosida o‘quv mavzularini o‘rganishga tayyorgarlikni hosil qiluvchi g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlik xususiy va pedagogik ta’sir vositalarini muvofiqlashtiruvchi umumiy tushunchalar o‘rtasidagi bevosita aloqadorlikni ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirish modelining amaliy komponenti interfaollikni ta’minlash, media tadbirlarni tashkil etishning algoritmik bosqichlarini aniqlash, ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish va taqdimotini o‘tkazish, auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarga instrumental, motivatsion, kognitiv, produktiv, reflektiv-baholovchi komponentlar kompleks yondashuvni tatbiq etish imkoniyatini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari moslashuvchan ko‘nikmalar va umummadaniy kompetensiyalarni individual xulq-atvor modellarini shakllantirish, vaziyatga mos qaror qabul qilish va muammolarga samarali echim topish malakalarini tarkib toptirish jarayonlariga tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va tuzilmasini aniqlashtirish, g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikning to‘rtta ustunini emotsionol-motivatsion, informatsion-kognitiv, faoliyatga doir, aksiologik komponentlar bilan gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasini hisobga olishga doir takliflardan pedagogika ta’lim sohasi Davlat ta’lim standarti va 5111600 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim bakalavriat yo‘nalishi malaka talabalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 yanvardagi 89-03-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirish jarayonini belgilash, fanlararo modulli ta’lim asosida ijtimoiy-gumanitar va pedagogik fanlarning imkoniyatlarini kengaytirish, talabalarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlilikni rivojlantirish modelining amaliy komponentini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi” va “Tarbiya fani Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 yanvardagi 89-03-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlashtirish, moslashuvchan va maxsus kompetensiyalarni individual xulq-atvor modellarini shakllantirish, vaziyatga mos qaror qabul qilish va muammolarni bartaraf qilish malakalarini tarkib toptirish jarayonlariga tizimli qo‘llashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan №OT-F1-36 “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” (2015-2017 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 yanvardagi 89-03-16-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida talabalarda g‘oyaviy-mafkuraviy kompetentlikning rivojlanganligini baholash samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish