Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalmatov Lochin Nurboboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekogigienik bilimlarini rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3 PhD/Ped578. 
Ilmiy rahbar: Turdiqulov Eshboy Otaqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamurov Bahodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekogigienik bilimlarini  rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekogigienik dunyoqarashi  falsafiy, pedagogik-psixologik omillarini tahlil etish tabiiy, yaxlitlik, uzluksizlik, hamkorlik, jamoaviylik, shaxsiyat ijobiyligiga tabaqalashgan va yakka tartibda yondashish orqali hamda gumanitar fanlararo ekologik faoliyat va amaliy-harakatli integrativ tarbiya muhitining o‘zaro aloqadorligini aniqlash asosida rivojlantirilgan;
o‘quvchilarda ekogigienik dunyoqarashning asosiy (ekogigienik psixologiya, atrof-muhitga javobgarlik, ekogigienik ta’lim va tarbiya, axloqiy ekogigiena), umumiy (ekogigienik tarbiyalanganlik darajasi) va xususiy (shaxsning o‘zi egallagan ekogigienik xususiyatlari) sifatlari ekogigienik bilimlarni ekologik savodxonlik, madaniyati, iqtisodiy, ijtimoiy jarayoniga oddiydan murakkabga, uzviylik va uzluksizlik, ekopedagogik kabi ekologik ta’lim berish texnologiyalari vositasida sabab-oqibat jarayonlari bog‘liqliklarini o‘xshatishli fikrlashdan deduktiv fikrlashga o‘tish asosida takomillashtirilgan;
dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning ekogigienik kompetentligini oila, ta’lim muassasasi, jamoatchilik, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari ijtimoiy imkoniyatlarini ekologik tarbiyaga oid materiallar mazmunining didaktik imkoniyatlariga ustuvorlik berilib, tarbiyaviy qadriyatlarga muvofiqlashtirish asosida rivojlantirilgan;
jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekogigienik bilimlarini rivojlantirish modeli sog‘lom turmush tarzini fanlararo aloqadorlik, o‘qituvchi-yoshlar faolligini oshirish sub’ektlarining o‘zaro hamkorligini pedagogik strategiya, didaktik tuzlilmasini diagnostik, prognostik strategiyasini belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekogigienik bilimlarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekologik-gigienik bilimlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar “O‘zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo‘lgan global ekologik muammolarni ta’lim vositasida hal etishga strategik yondashuvlar” mavzusidagi A7-XT-1-29687 (2014-2017 y) grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 apreldagi 89-03-1592-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy-tarbiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekologik-gigienik bilimlarini rivojlantirish samaradorligini oshirish imkoniyatlari yaratilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarning ekogigienik bilimlarini rivojlantirish modeli ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 apreldagi 89-03-1592-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya ta’limi hamda sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchilarning ekogigienik bilimlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari samaradorligi oshirilgan;
dars va darsdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchilarning ekogigienik bilimlarini rivojlantirish texnologiyasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 24 apreldagi  89-03-1592-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ekogigienik xarakterdagi bilim va tushunchalari asosida ta’lim jarayonining samaradorligi oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish