Sayt test rejimida ishlamoqda

Usmonova Sevara Sultanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz romanlarida ayol ruhiyati tasviri (Abdulhamid Cho‘lpon va Samuel Richardson ijodi misolida)”, 10.00.06–qiyosiy adabiyotshunoslik,chog‘ishtirma tilshunoslikva tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD//Fil669.    
Ilmiy rahbar: Kasimov Abdugapir Abdikarimovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Qobilova Zebo Bakirovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Pardaeva Zulfiya Jo‘raevna, filologiya fanlari doktori, proffessor.
Etakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: A.Cho‘lpon va S.Richardson romanlari misolida o‘zbek va ingliz ma’rifatchilik adabiyotida ayol ruhiyatining badiiy tasvirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotidagi jadidchilik va Evropa adabiyotidagi ma’rifatchilik harakatining shakllanishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi o‘xshashlik ayollarning jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy maqomi borasida ham g‘oyaviy yaqinlikni keltirib chiqarganligi dalillangan;
sinfiy va gender tengsizlik jamiyatidagi quyi tabaqa vakilining badiiy tasviri jadid va Angliya ma’rifatchiligi adabiyotidagi ayollar obraziga xos mushtarak xususiyatlar ekanligi ochib berilgan;  
“Kecha va Kunduz” hamda “Pamela  yoxud taqdirlangan fazilat” romanlari qahramonlari Zebi va Pamela obrazlarining qiyosiy tadqiqi natijasida davr, muhit hamda o‘zbek va ingliz ayollari tabiatiga xos milliy xususiyatlarning qahramonlar ruhiyati talqinidagi o‘rni va roli asoslangan;
Zebi tabiatidagi sharqona andisha, xoksorlik, jur’atsizlik hamda Pamela timsolidagi  erkin fikrlash, qat’iyat, jasorat ko‘rinishlari o‘zbek va ingliz qizlari xarakteriga xos farqli jihatlar ekanligi dalillangan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz romanlarida ayol ruhiyati tasvirini Abdulhamid Cho‘lpon va  Samuel` Richardson ijodi misolida o‘rganish tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ma’rifatparvarlik harakati va badiiy adabiyot, o‘zbek va ingliz ma’rifatchilik harakatining ijtimoiy-falsafiy asoslari, milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotida adabiy muhitni shakllanishi haqidagi ma’lumotlardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining “Farg‘ona shahar tarixi bo‘limi” ekspozisiyasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi  01-12-10-3057-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey ekspozisiyasi yangiliklar bilan boyitildi va ma’naviy jihatdan muhim ahamiyat kasb etgan;
Cho‘lpon va  S.Richardson nasrida nutq va uslub talqini, o‘zbek va ingliz ma’rifatparvarlik adabiyotida ayol ruhiyati olamining badiiy-psixologik asoslari haqidagi ma’lumotlardan OT-F-1-100 “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” (2017-2020 y.) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5 fevraldagi 89-03-682-son ma’lumotnomasi). Natijada, imkoniyati cheklangan yoshlarning badiiy ijodkorligini rivojlantirish, ularda ma’naviy-ahloqiy sifatlarni shakllantirishga erishilgan;
jadidchilik va adabiy muhit, o‘zbek va ingliz ma’rifatparvarlik adabiyoti va uning rivojlanish bosqichlari haqidagi materiallardan Ozarbayjon davlat pedagogika universitetining “Kul`turnoe nasledie Uzbekistana v sobraniyax mira” (O‘zbekiston madaniy merosi dunyo madaniy merosi majmuida) (2018-2019 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Ozarbayjon davlat pedagogika universitetining 2020 yil 23 martdagi 264/21-FAW-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston madaniy merosini dunyo madaniy merosi majmuidan o‘rin egallashiga erishilgan;
tinglovchiga badiiy adabiyotda ayol tasvirining badiiy-psixologik asoslari borasidagi ilmiy xulosalardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Farg’ona24”, informatsion dasturi sonlarida yoritib borildi. Berilgan ma’lumotlar “Adabiy muhit”, “Ko‘ngil mulki” va “Ma’naviyat qalb ko‘zgusi” kabi ko‘rsatuv va eshittirishlarda foydalanilgan. (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 8 iyundagi  208-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, ijtimoiy xususiyatlari ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish