Sayt test rejimida ishlamoqda

Umarov Farxod Umirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompleks yondashuv asosida bo‘lajak ofiserlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1677.
Ilmiy rahbar: Xoliqov A’zamjon Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK  faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika  fanlari doktori, professor; Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Etakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  kompleks yondashuv asosida bo‘lajak ofiserlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish hamda ulardan ta’lim amaliyotida foydalanishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:   
bo‘lajak ofiserlarda jarayon, natijalilik, baholanish kabi pedagogik motivatsiyasi omillari vsitasida kasbiy kompetensiyalarini tizimli rivojlantirish jarayoni modeli shaxsga yo‘naltirilganlik, o‘z-o‘zini rivojlantirish prinsiplariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ofiserlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning harbiy-kasbiy, akmeologik, normativ-huquqiy, psixologik-pedagogik, ma’naviy-axloqiy komponentlari ularni amaliy qo‘llash tajribasi va motivatsiyasi, kasbiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilishga imkon beradigan intellektual, motivatsion va faoliyatli jarayonlar bilan ichki integrallashuv darajasi orqali shaxsiy fazilatlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak ofiserlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish bosqichlari va fanga oid-informatsion, operatsion-faoliyatli, shaxsiy-boshqaruv komponentlari tarkibi kompleks yondashuvning pedagogik, didaktik o‘ziga xos xususiyatlari, shaxsning bilish faoliyati, ma’naviy ehtiyojlarini hisobga olish, madaniy dunyoqarashini boyitish, o‘z-o‘zini rivojlantirish,  tadrijiylik va faoliyatli-motivatsion ierarxik munosabatlarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ofiserlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligiga ta’sir qiluvchi mustaqil bilim olishlarini tashkil etish yo‘llari, vaziyatlarini belgilash, tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar refleksiv boshqaruv harbiy-pedagogik-psixologik, texnologik, diagnostik va kasbiy omillarining o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompleks yondashuv asosida bo‘lajak ofiserlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak ofiserlarning umumkasbiy va ixtisoslik sohasiga oid kasbiy kompetensiyalari tizimini kompleks rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modelini takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 05-961-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan “Harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishining davlat ta’lim standarti va malaka talablarini shakllantirishda foydalanilgan (Mudofaa vazirligining 2020 yil 2 oktyabrdagi 25/10/1036-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur davlat ta’lim standarti va malaka talablari oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘quv rejalari va dasturlari, metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kursantlarning kasbiy kompetensiyalarini o‘quv mavzulari kesimida bosqichma-bosqich rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalardan ITD-166 raqamli “Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 oktyabrdagi 89-03-3677-son ma’lumotnomasi). Natijada kursantlar o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti o‘quv-tarbiyaviy jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning axborot-metodik ta’minoti integrativ-ijodiy topshiriqlar, vizual simulyasiya (tasvirli, namoyishli, interfeysli) va interaktiv modellashtirish imkoniyatlari va amaliy-texnologik xususiyatlarini takomillashtirish hamda bo‘lajak ofiserlarda kasbiy kompetensiyalarni shakllanganligini baholash mezonlari va diagnostik texnologiyalari parametrlariga oid takliflar “Harbiy psixologiya va pedagogika. Axborot xavfsizligi psixologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 15 avgustdagi 718-son buyrug‘i,  Ro‘yxatga olish raqami №718-087). Natijada bo‘lajak ofiserlar tayyorlovchi ta’lim muassasalari kursantlarini bilim sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish