Sayt test rejimida ishlamoqda

Oblomuradova Xabiba Naimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv sharoitida missionerlikning oldini olish usullari va vositalari (ijtimoiy-falsafiy tahlil)», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fal169.
Ilmiy rahbar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat Alievich, falsafa fanlar doktori, professor; Xaydarov Xurram Farmonovich, falsafa fanlar doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida missionerlikka qarshi kurash usullari va vositalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
missionerlik terminologiyasining genezisi, evolyusiyasi va dunyo dinlarida namoyon bo‘lishi, uning an’anaviy hamda zamonaviy ko‘rinishlari, prozelitizmdan farqi hamda missionerlikni tatbiq etish mexanizmlari, qamrov, jalb etish, ta’sir, tahdid usullaridagi iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, ruhiy-psixologik omillar bilan bog‘liq o‘zgarish va yangilanishlar falsafiy jihatdan ochib berilgan;  
missionerlikning destruktiv, manipulyativ, esxatologik, moslashuvchanlik, o‘zgaruvchanlik qiyofasi, uni amalga oshirish shakllari – xayriya yordamini ko‘rsatish, tibbiyot, ta’lim, turizm, ijtimoiy himoya, madaniyat va san’at sohalari imkoniyatlaridan foydalanish orqali namoyon bo‘ladigan missionerlik amaliyotining diniy sekta ko‘rinishidagi ochiq va niqoblanish xarakteridagi yashirin ko‘rinishlari dinlararo bag‘rikenglik prinsiplariga zidligi falsafiy jihatdan asoslangan; 
missionerlikning zamonaviy trolling (trolling – ijtimoiy provokatsiya yoki onlayn muloqotning bezorilik shakli) va doksing (trolling ortidan kelib chiqadigan shantaj va tahdid usuli) ko‘rinishlari – axborot kommunikatsiya tizimidan foydalangan holda ruhiy ta’sir o‘tkazish tarzida o‘zga dinlarga da’vat qilishdek g‘oyaviy tahdidning inson erkinligiga zid ekanligi falsafiy-psixologik va huquqiy nuqtai nazardan ochib berilgan;  
norasmiy diniy konfessiyalar va diniy sektalarningmissionerlikning dinamik moslashuvchanlik hamda kuchli niqoblanish usullari orqaliO‘zbekistondagi milliy, diniy va urf-odatlar rang-barangligi hamda hududiy o‘ziga xosliklar, ularning har bir ko‘rinishiga javoban qonuniy, ilmiy-falsafiy va diniy ma’rifat bilan konkret yondashishning mamlakatda millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlashda muhim omillar ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida missionerlikning oldini olish usullari va vositalarining ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
missionerlikning shakllanishi, evolyusiyasi va dunyo dinlarida namoyon bo‘lishi, uning an’anaviy hamda zamonaviy ko‘rinishlari, amalga oshirilish shakllarining ijtimoiy hayot sohalari bilan bog‘liqligi, missionerlikni tatbiq etish mexanizmlari, qamrov, jalb etish, ta’sir, tahdid usullaridagi iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, ruhiy-psixologik omillar bilan bog‘liq o‘zgarish va yangilanishlar qiyosiy ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan hamkorlikda yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun loyihasining 3, 11-moddalari normalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 16 oktyabrdagi 5172-son ma’lumotnomasi). Natijalar «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ishlab chiqilishi va uning bajarilishi sifatini oshirishga xizmat qilgan;
missionerlikning destruktiv, manipulyativ, esxatologik, moslashuvchanlik, o‘zgaruvchanlik, niqoblanish xarakteri, uni amalga oshirish shakllari – xayriya yordamini ko‘rsatish, tibbiyot, ta’lim, turizm, ijtimoiy himoya, madaniyat va san’at sohalari imkoniyatlaridan foydalanish orqali namoyon bo‘ladigan missionerlik amaliyotining ochiq va yashirin ko‘rinishlari dinlararo bag‘rikenglik prinsiplariga zidligi ilmiy asoslanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida tayyorlangan «O‘zbekiston –  bag‘rikeng diyor» nomli kitob-al`bom loyihasining bajarish konsepsiyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2021 yil 28 iyundagi 02/265-son ma’lumotnomasi). Natijalar jamiyat xavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorligiga xavf soluvchi turli g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot xurujlariga qarshi kurashning zamonaviy omillari va mexanizmlarini boyitishga xizmat qilgan;
missionerlikning zamonaviy trolling (trolling – ijtimoiy provokatsiya yoki onlayn muloqotning bezorilik shakli) va doksing (trolling ortidan kelib chiqadigan shantaj va tahdid usuli) ko‘rinishlari – axborot kommunikatsiya tizimidan foydalangan holda ruhiy ta’sir o‘tkazish tarzida o‘zga dinlarga da’vat qilishdek g‘oyaviy tahdidning inson erkinligiga zid ekanligi falsafiy-psixologik va huquqiy nuqtai nazardan ochib berilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yilga mo‘ljallangan ish rejasining «Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi»ning 7-Bob 71-bandi ijrosi yuzasidan «Barchasi o‘z qo‘lingda!» targ‘ibot dekadasini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining2020 yil 11 martdagi 04-13/1014-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarda Internet tizimidagi turli xil g‘oyaviy, mafkuraviy, psixologik tahdidlarga qarshi siyosiy hushyorlik, kompetentlik, bilim va malakalarini shakllantirish hamdaaxborot iste’moli madaniyatini oshirishga xizmat qilgan;
norasmiy diniy konfessiyalar va diniy sektalarningmissionerlikning dinamik moslashuvchanlik hamda kuchli niqoblanish usullari orqaliO‘zbekistondagi milliy, diniy va urf-odatlar rang-barangligi hamda hududiy o‘ziga xosliklardan missionerlik harakatlarini olib borishda adresli yondashuvining har bir ko‘rinishiga javoban qonuniy, ilmiy-falsafiy va diniy ma’rifat bilan konkret yondashishning mamlakatda millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlashda muhim omillar ekanligi asoslanganligiga oid xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan «Dolzarb mavzu» nomli ko‘rsatuvlar dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 12 iyuldagi09-09/391-son ma’lumotnomasi). Natijalar fuqarolarda missionerlikning manipulyasion texnologiyalariga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirish, diniy-ma’rifiy savodxonligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish